$
 12920.16
-13.0
 14681.18
-38.05
 158.61
0.33
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Kuchga kirgan qonun: Bugundan kadastr xodimlari xatlov ishlarini amalga oshira boshlaydi

kadastr

Joriy yilning 8-noyabr kunidan boshlab “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun rasman kuchga kirdi. Yaʼni, bugundan boshlab tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi. Adliya vazirligi fuqarolarga bu jarayon bilan bog‘liq tavsiyalarini berib o‘tdi.

Eng muhim 7 ta tavsiya:

Shoshmashosharlik bilan kadastr yoki hokimiyatga murojaat qilmang;

Hujjatsiz yerlarga nisbatan tegishli hujjatlarni pul evaziga turli yoʻllar bilan rasmiylashtirib berishni taklif etadigan “firibgarlar”ga aldanib qolmang, bu kabi holatga duch kelgan taqdiringizda huquqni muhofaza qiluvchi organlariga darhol xabar bering;

Mahallalarda xatlov o‘tkazish boʻyicha reja-jadval bilan tanishib chiqing hamda sizning mahallangizda xatlov oʻtkaziladigan sana haqida xabardor boʻling;

Xatlov oʻtkaziladigan kunlarda imkon qadar xonadoningizda boʻlishga harakat qiling hamda vakolatli tashkilotlarning xodimlariga joyiga chiqib oʻrganishda shart-sharoit yaratib bering;

Maʼlumotlar jamoatchilikka eʼlon qilinganda ular bilan tanishib chiqing hamda eʼtirozingiz mavjud boʻlganda 1 oy muddatda tegishli tashkilotlarga shikoyat qiling;

Yer va mulk soligʻi boʻyicha qarzdorligingiz mavjud boʻlsa, ularni toʻlash choralarini koʻring;

Sizga oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va binolarga nisbatan huquqlarni eʼtirof etish maqsadga muvofiq deb topilganligi toʻgʻrisida xabarnoma kelgandan soʻng, belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bir martalik toʻlovlarni toʻlang.

Vazirlik ushbu tavsiyalarga amal qilish orqali, fuqarolarni ogohlikka da’vat etayotganini ma’lum qildi.