$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil davomida nechta obyektning kadastr yigʻmajildlari raqamlashtirildi?

kadastr

Joriy yil yakuniga qadar raqamlashtirish ishlari olib borilayotgan 19 ta filialda ish yakunlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Davlat kadastrlari palatasi boshqarma boshligʻi Turgʻun Moʻminov ma'lum qildi.

206 ta tuman(shahar)lardagi idoraviy arxivlar

 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tizimida 206 ta tuman (shahar) filiallarida idoraviy arxivlar faoliyat yuritib kelmoqda.

 Kadastr faoliyati esa aynan arxiv xujjatlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Tizimdagi mazkur yoʻnalishni raqamlashtirish boʻyicha koʻpgina ishlar amalga oshirilmoqda.

 Jumladan, Davlat kadastrlari palatasining tegishli buyrugʻiga muvofiq 2024-yil “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb e'lon qilingan edi.

 Buyruqqa muvofiq bugungi kunda 16 ta tuman (shahar) filiallarida hujjatlarning xatlovi yakunlanib, barcha hujjatlar raqamlashtirildi.

 Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar raqamlashtirish ishlari olib borilayotgan 19 ta filiallarda ish yakunlanishi rejalashtirilgan.

475 418 ta obyektlarning raqamlashtirilgan kadastr yigʻmajildlari  

Yil boshidan shu kungacha filiallar tomonidan 475 418 ta obyektlarning kadastr yigʻmajildlari xatlovdan oʻtkazilib, toʻliq raqamlashtirildi.

Bugungi kunda mazkur raqamlangan hujjatlar asosida fuqarolarga onlayn kadastr xizmatlari koʻrsatilib kelinmoqda.

Davlat kadastrlari palatasining “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasi doirasida tanlab olingan 14 ta tuman (shahar) filiallaridan 9 tasida: Jondor, Muborak, Toʻraqoʻrgʻon, Samarqand, Termiz, Mirzaobod, Quyichirchiq, Beshariq, hamda poytaxtning Yangihayot tuman filiallarida chora-tadbir rejasida belgilangan ishlar toʻliq bajarildi.

Ushbu tanlab olingan idoraviy arxivlarning bugungi kunga qadar 9 tasi “Namunali idoraviy arxiv” loyihasi asosida qisqa muddat ichida har tomonlama zamon talablariga javob beruvchi arxiv jihozlari va texnikalar bilan ta'minlanib, foydalanishga topshirildi.

8 tasiga zamonaviy mobil stellajlar oʻrnatildi

 Loyiha doirasida qayta jihozlanayotgan idoraviy arxivlarning 8 tasiga zamonaviy mobil stellajlar oʻrnatildi.

 Bundan tashqari, Doʻstlik, Karmana, Shaxrixon, Yangibozor tumanlari va Nukus shahar filiallari idoraviy arxivlarida ishlar toʻliq yakunlanishi arafasida.

 2024-yil davomida 5 ta filiallar idoraviy arxivlari arxiv ishiga oid amaldagi normativ hujjatlar talablariga asosan qayta moslashtirildi. 1 ta filial idoraviy arxiviga qoʻshimcha arxiv xona qurilmoqda.

 2024-yil hisobiga “Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari idoraviy arxivlarida kadastr yigʻmajildlarini hisobga olish, saqlash va foydalanish” boʻyicha malaka oshirish kurslarida barcha hududiy boshqarma va filiallarning arxiv ishi mutaxassislari qayta oʻqitilishi ta'minlandi.