$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva JST Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish masalasi yuzasidan suhbatlashdi

Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishga yaqin kelmoqda. Mamlakat tashkilotga 2026-yil Kamerunda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda a’zo bo‘lishni reja qilgan. Bu yo‘lda bosqichma-bosqich qadamlar tashlanmoqda. Masalan, O‘zbekiston milliy qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirishga oid Prezident farmoni ham qabul qilindi. 

"O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi — mamlakat prezidenti uchun o‘ta muhim ustuvor masala"

Bugun Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida Toshkentda “O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni” konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva JST Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazib, unda O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi — mamlakat prezidenti uchun o‘ta muhim ustuvor masala ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, JST Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala ham mamlakatda olib borilayotgan ishlarni yuksak baholab, Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish yo‘lidagi harakatlarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

"Biz bu yo‘ldan aslo chekinmaymiz"

"Biz iqtisodiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohalarini takomillashtirish, shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishga qat’iy kirishganmiz. Biz bu yo‘ldan aslo chekinmaymiz, yurtimizning taraqqiyot manzili – aynan shu. Bunday maqsadlarga faqat sifatli investitsiyalar va qo‘shimcha qiymat yaratishning global zanjirlariga bog‘lanib erishish mumkin. JST rahbariyatining bizni bu qadar qo‘llab-quvvatlashi va ishonch bildirishi yuksak bahoga loyiq" — dedi Saida Mirziyoyeva.