$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Jolbors Business Summit: Iqtisodiy birlik nuqtasi

j 3 15

O‘zbekistonda ilk bor “Jolbors Business Summit” bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirkorlar, biznesni rivojlantirish bo‘yicha mahoratli mutaxassislar, marketologlar va brend menejerlari uchun mo‘ljallangan mintaqaviy sammit 27-28-aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kuchlar va g‘oyalarni birlashtirish

Tadbirning maqsadi – ishtirokchilarni birlashtirish va rivojlantirish orqali kuchli ishbilarmonlik muhitini yaratishga ko‘maklashishdan iboratdir. Sammit tashkilotchilari 12-yil davomida bozor mutaxassislarini birlashtirib, sohani rivojlantirib kelayotgan Markaziy Osiyodagi eng yirik marketing va reklama festivali bo‘lmish "Jolbors Festival"i mualliflaridir.

Bu zanjirning har bir ishtirokchisi uchun manfaatli

Jolbors loyihasi hammuassisi Sabina Reyngoldning so‘zlariga ko‘ra, yirik biznes sammitini o‘tkazish g‘oyasi va ko‘pincha ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishda sekinlashuvga olib keluvchi mutaxassislar o‘rtasidagi anglashmovchilik va bir taraf boshqa tarafning jarayonlariga yetarlicha kirib bormasligi muammosidan paydo bo‘lgan.

 "Jolbors Festival"i orqali kommunikatsiyalar va reklama bozorining muvaffaqiyatli rivojlanishi yillari davomida biz tom ma’nodagi olg‘a siljilish uchun biznesga uning barcha unsurlari yaxlit va muvofiqlashtirilgan tizim sifatida ishlaganda yuzaga keladigan sinergiya ta’siri yetishmayotganligini angladik. Aynan shu bois biz "Jolbors Business Summit"ini tashkil etdik. Biz biznes zanjirining har bir ishtirokchisi - biznes egasi yoki marketolog, tadbirkor yoki ijodiy mutaxassis bo‘lishidan qat’iy nazar biri-biridagi bor kuchni ko‘rishlarini istaymiz. Ushbu zanjirning har bir ishtirokchisi tajriba almashish, biznes-keyslarni muhokama qilish, aloqalar tarmog‘ini yaratish, biz ishlayotgan biznes muhitini rivojlantirish orqali o‘z tajribasini oshirishini ham ko‘zlaymiz”, — deya sharhlaydi Sabina Reyngold, "Jolbors Business Summit"ining hammuassisi.

Jolbors Business Summit 3 dasturi 3 qismdan iborat:

 ●     Mutaxassislar biznesni rivojlantirish bo‘yicha amaliyotlaridan olingan holatlar asosida ma’ruzalar bilan chiqishlari. Shuningdek, misollarda o‘rganish (case study) ko‘rinishidagi tadbirlar ham rejalashtirilgan bo‘lib, biznes boshqaruvchilari va marketing bo‘yicha direktorlarning qo‘shma chiqishlarida ular o‘z biznes keyslarini baham ko‘rishadi. Boshqaruvchilar biznes yondashuvlari nuqtayi nazaridan muayyan holatlarni ko‘rsatib berishsa, marketologlar esa marketing vositalari biznes muammolarini hal qilishda va ko‘zlangan natijalarga erishishda qanday yordam berganligini muhokama qilishadi. Tadbir 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

●     Amaliy laboratoriyalar - haqiqiy qisqacha ma’lumotlar asosida biznesni rivojlantirish va marketing bo‘yicha mahorat darslaridir. Ishtirokchilar biznes muammolarini hal qilish orqali o‘z ko‘nikmalarini amaliyotda sinab ko‘rishlari mumkin. 28-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

●     "Jolbors Business Breakfast" — rasmiy yig‘ilish shaklidagi mutaxassislar ishtirokidagi biznes-nonushta bo‘lib, uning yordamida ishtirokchilar biznesni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi. 28-aprel kuni tashkil etiladi.

 

Jolbors Business Summit haqida batafsil ma’lumotlar ushbu Internet sahifasida keltirilgan.