$
 12793.38
-10.43
 13595.52
-81.51
 130.73
0.09
weather
+26
Кечаси   +14°

YTH, tabiiy ofat, samosud va suitsidlar: Xorijda og‘ir jarohat va o‘lim tasvirlarini tarqatish jinoyat hisoblanadi

jinoyat

Tezkor axborot tarqatish va raqamli texnologiyalar taraqqiyoti davrida internet faqatgina yangiliklar manbasi bo‘lib qolmay, balki istalgan foydalanuvchi har qanday tasvir yoki videolarni ulashishi mumkin bo‘lgan makonga aylandi. Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda chop etiladigan turlicha materiallar orasida zo‘ravonlik, jinoyatlar va boshqa ko‘ngilsiz hodisalar aks etgan tasvirlarni ko‘plab uchratish mumkin.

Jumladan, yo‘l-transport hodisalari, tabiiy ofatlar, hujumlar, samosud, suitsid va boshqa voqeliklardan keyingi og‘ir jarohat va o‘lim tasvirlari hamda videolari jabrlanganlarni oshkora ko‘rsatgan holda, ko‘pincha ularning (yaqinlarining) roziligisiz ommaga tarqaladi. O‘z-o‘zidan, bu shaxsiy hayot daxlsizligi buzilishiga olib keladi. Bunday amaliyot nafaqat jabrlanganlarning, balki ularning oila a’zolarining ham ruhiy holatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 

Internetda zo‘ravonlikni, baxtsiz hodisalarni oshkora ko‘rsatish nafaqat alohida shaxslarga, balki butun jamiyatga ham ta’sir qiladi. Ta’bni xira qiluvchi sahnalarning uzluksiz tarzda namoyish etilishi bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi, kattalarning bu kabi holatlarga nisbatan sezgirligini pasaytiradi, yoshlar orasida esa odatiy vaziyatdek qabul qilinishi mumkin. 

Xorij tajribasiga nazar

Xorij tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, bunday holatlarda qat’iy choralar samarali yechim ekanligini kuzatish mumkin. AQSH, Germaniya va BAA kabi davlatlarda jabrlanganlarning suratlari va hodisalar aks etgan materiallarni ruxsatsiz suratga olish va tarqatish uchun katta miqdordagi jarima yoki hatto qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonunlar ishlab chiqilgan.

Quyida bir nechta rivojlangan davlatlarda zo‘ravonlik, shavqatsizlik yoki boshqa shunga o‘xshash holatlar Internet yoki OAVda yoritilishida qanday choralar ko‘rilishiga misollar keltirilmoqda. 

YTH qurbonlari suratini tarqatish — jinoyat

Masalan, AQShda “Kobi Brayant” qonuniga muvofiq, hodisa joyida halok bo‘lganlarning tasvirini hokimiyat ruxsatisiz olish va tarqatish taqiqlanadi. Qonun unga zid xatti-harakatlarni qilganlarni 1 000 dollar miqdorigacha jarimaga tortish hamda ruxsatsiz tasvirga tushirish gumoni bo‘lganda qurilmalarni musodara qilish imkonini beradi.

Germaniya Federal Respublikasining Jinoyat kodeksi 201a-moddasiga binoan hodisa joyidagi jabrlanganlar yoki YTH qurbonlarining tasvirini olish va tarqatishni jinoyat hisoblanadi va jarima yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanishi mumkin.

BAAda Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi qonun jabrlanganlarning tasvirini olish va tarqatishni taqiqlaydi. Buzuvchilar uchun olti oygacha qamoq va 150 000 – 500 000 dirham ($41 000 - $136 000) miqdorida jarimaga tortiladi. 

Shaxslar roziligisiz ularning suratini tarqatish

Fransiya Jinoyat kodeksi shaxslar roziligisiz ularning tasvirini tarqatish va foydalanishni taqiqlaydi. Jabrlanganlarning suratlarini noqonuniy tarqatish uchun 45 000 yevro jarima va bir yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Italiyada esa shaxs roziligisiz olingan tasvirni tarqatish shaxsiy hayotga daxl qilish sifatida baholanadi. Qonun buzuvchilarga uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

2024-yilda Turkiyada ham ma’lumotlarni himoya qilish qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi, jabrlanganlarning suratlarini ularning roziligisiz tarqatganlik uchun jarimalar belgilandi.

Теги :
Jamiyat