$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi maydonga chiqadi

UFA

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 2-saralash bosqichi doirasida beshinchi tur uchrashuvini Turkmaniston jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 

O‘zaro o‘yinlar tarixi

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi tarixiga nazar solsak, O‘zbekiston Toshkentda Turkmanistonga mag‘lub bo‘lmagan va faqat bir marotaba gol o‘tkazgan. U ham bo‘lsa 1992-yil, terma jamoa tashkil topgan ilk mavsumda. 

28.06.1992 O‘zbekiston - Turkmaniston 2:1

25.10.1992 Turkmaniston - O‘zbekiston 1:0

11.04.1994 O‘zbekiston - Turkmaniston 4:0

11.10.1994 O‘zbekiston - Turkmaniston 3:0

11.12.1998 O‘zbekiston - Turkmaniston 1:1

08.10.2000 O‘zbekiston - Turkmaniston 3:0

25.04.2001 O‘zbekiston - Turkmaniston 1:0

03.05.2001 O‘zbekiston - Turkmaniston 5:2

26.07.2004 O‘zbekiston - Turkmaniston 1:0

13.01.2019. Turkmaniston - O‘zbekiston 0:4

14.06.2023 Turkmaniston - O‘zbekiston 0:2

16.11.2023. Turkmaniston - O‘zbekiston 1:3

Asosiy tarkib ma’lum

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Mamlakatimizning bosh jamoasi muddatidan oldin keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Hozirda terma jamoamizda 10 ochko mavjud. Biz o‘rin olgan guruhda Turkmanistondan tashqari Eron va Gonkong terma jamoalari ham bor. 11-iyunda Srechko Katanes boshchiligidagi terma jamoamiz eronliklarga qarshi qarshi maydonga chiqadi. Katta ehtimol bilan ushbu o‘yin guruh yetakchisi nomini aniqlab beradi. O‘zbekiston — Turkmaniston o‘yini Toshkent vaqti bilan 19:30 da «Bunyodkor» stadionida boshlanadi.