$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Ignali jazolash: Bog‘chadagi zo‘ravonlik nega faqat jarima bilan yopildi?

jazolash

Bolalar bog‘chalari ota-onalar farzandlarini ishonib topshiradigan joy bo‘lishi kerak. Biroq Sirdaryodagi bir bog‘chada yuz bergan hodisa ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Amaliyotchi-tarbiyachi bolalarni igna sanchish orqali jazolagan. Eng ajablanarlisi, bu harakat uchun unga faqat jarima jazosi berildi. 

Voqea qanday bo‘lgan?

Jabrlanuvchi bolaning onasi farzandi uyga borganda tarbiyachi bolalarga igna sanchganini aytganini ta’kidladi. Keyinchalik aniqlanishicha, hodisa 10-fevral kuni ro‘y bergan. Ayblanuvchi – bog‘chada asosiy tarbiyachi emas, balki kasb-hunar texnikumining amaliyotchi talabasi bo‘lgan. O‘sha kuni asosiy tarbiyachi imtihon tufayli ishda bo‘lmagani sababli, bolalarga vaqtincha ushbu talaba qaragan. 

Ekspertiza va jarima jazosi

Shikoyatdan so‘ng bola va uning onasi sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan, xulosa esa bolaga yengil tan jarohati yetkazilganini tasdiqlagan. Biroq tergov natijalariga ko‘ra, aybdorga atigi BHMning 1 baravari ya’ni, 375 ming so‘m jarima tayinlangan. 

Ota-onalar xavotiri ortmoqda

Jabrlangan bolaning onasi ilgari bog‘cha haqida hech qanday shikoyati bo‘lmaganini ta’kidladi. Ammo bu hodisadan so‘ng farzandini yana bu bog‘chaga yuborishni istamayotganini aytadi. 

Bu holat bog‘chalarda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning birinchi misoli emas. Yanvar oyi oxirida Toshkent shahri Sergeli tumanida ham tarbiyachi yordamchisi go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani tinchlantirish maqsadida boshiga urib, so‘ng qo‘pol harakatda uni ko‘tarib boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgani, natijada bolaning chap oyog‘i singani haqida xabar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan ham hanuzgacha qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Ota-onalar haqli ravishda savol bermoqda: nima uchun bog‘chalarda ishlovchilar uchun majburiy psixologik tekshiruv joriy qilinmagan? Nega bolalar ruhiyati va xavfsizligi jiddiy nazorat qilinmaydi? Jarima bilan muammo hal bo‘ladimi? 

Jarima yetarlimi yoki qat’iy choralar kerak?

Mutaxassislar fikricha, bunday holatlarning oldini olish uchun qattiqroq choralar ko‘rish zarur. Faqat jarima bilan cheklanish yetarli emas – bolalarni bunday odamlar ta’siridan himoya qilish uchun yanada qat’iy nazorat va jazo choralari joriy qilinishi kerak.

Теги :
Jamiyat