$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Eng ko‘p go‘sht iste’mol qiluvchi viloyat Qashqadaryo emas

ovqat taom milliy

2019-yilda Aktam Hayitov tomonidan go'sht narxi balandlashiga nisbatan aytilib, xalq orasida muhokamalarga sabab bo‘lganBiz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz” so'zlari bugun BMT tomonidan tasdiqlanmoqda.

Tarixni yodga olib

Bundan 5 yil avval O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Hayitov go‘sht narxining oshib borishiga ajoyib sabab keltirib, kulgiga qolgan edi. 

2019-yilning yil munosabati

Xayitov “Go‘sht narxi nega qimmatlab ketyapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht iste’mol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti. Buni “Amerika kasalligi” deyishadi, bu kasallik menda ham bor, hammamizning tanamizda ortiqcha go‘sht bor. Men faqat go‘shtni aytmayapman, ovqatlanish madaniyatimiz yo‘q”, — deya vaziyatni ifodalashga harakat qilgandi.

So‘zlar o‘z tasdig‘ini topdi

Buni qarangki, oradan 5 yil o'tib, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Xayitovning xalq orasida ommaviylashib, kulgiga sabab bo'lgan so'zlari rost ekanligini tasdiqladi. 197 ta davlat a’zoligiga ega FAO (Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti) tashkiloti O‘zbekiston Respublikasini qoramol go‘shti iste’moli bo'yicha ehtiyojini juda yuqori baholagan. Go‘sht yeyish buyicha 6-o‘rinni qayd etgan davlatimiz, Aktam Hayitovning “Biz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz” degan mashhur iborasini naqadar haqligini isbotladi.

Bu qanday tashkilot?

Birlashgan millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining vazifasi ovqatlanish, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha maʼlumotlar yig'ish va ularni oʻrganish, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalarni ishlab chiqarish va sotishni yaxshilashga yordam berishdan iborat.

O‘zbekistondagi vaziyat qanday?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda respublikamizda 2,8 mln tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan bo'lib, go‘sht yetishtirish hajmi 2022-yil bilan solishtirilganda 3,9 % ga oshgan. Hududlar kesimida yetishtirilgan go‘sht (tirik vaznda) hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 123,8 ming tonna;
  • Andijon viloyati – 193 ming tonna;
  • Buxoro viloyati – 297,8 ming tonna; 
  • Jizzax viloyati – 237,3 ming tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 325,9 ming tonna; 
  • Navoiy viloyati – 188,3 ming tonna;
  • Namangan viloyati – 175,9 ming tonna;
  • Samarqand viloyati – 326,1 ming tonna; 
  • Surxondaryo viloyati – 214,2 ming tonna; 
  • Sirdaryo viloyati – 73,3 ming tonna;
  • Toshkent viloyati – 306,8 ming tonna; 
  • Farg‘ona viloyati – 186 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 184,9 ming tonna.


 Ilova: Saytning ichki qismidagi kirill yozuviga asoslangan rukn va ma’lumotlar tez kunda yangilanadi.

Теги :
Jamiyat