$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Ism, familiya yoki ota ismini oʻzgartirish tartibi qanday?

ism

Shaxs familiyasini va ismini o‘zgartirishi mumkin. Biroq ota ismini o‘zgartirishga aniq asoslar bo‘lsagina ruxsat beriladi. 

Huquq va burchlar bekor boʻlmaydi 

Fuqarolik kodeksining 19-moddasiga ko‘ra fuqaro qonunda belgilangan tartibda o‘z ismini o‘zgartirishga haqli. Fuqaroning o‘z ismini o‘zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi.

Bunda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 550-son qaroriga 3-ilovada tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari 149-moddasiga ko‘ra familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach, uning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDYo organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ariza uchun nimalar ilova qilinadi?

Arizaga ushbu qoidalarning 151-moddasiga ko‘ra quyidagilar ilova qilinadi:

  • ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
  • agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;
  • agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;
  • ariza beruvchining fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko‘chirma;
  • agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;
  • 1 dona (3x4 o‘lchamli) fotosurat.

Ko‘rib chiqish muddati qancha?

Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza ariza berilgan kundan boshlab 2 oy mobaynida ko‘rib chiqiladi. Uzrli sabablar (ishni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan dalolatnoma yozuvi nusxalarining boshqa FHDYo organlaridan, ichki ishlar organlari xulosasining kechikib olinishi va boshqalar) mavjud bo‘lganda FHDYo organi mudiri ushbu muddatni 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirishi mumkin.

Теги :
Jamiyat