$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yakunlanmagan kun” tushunchasi: Archa chiroqlari uyquga qanday ta’sir qiladi?

chiroq

Olimlarning ta’kidlanishicha, kechki paytda uyda rang-barang yonuvchi archa chiroqlari miyaga quvonch baxsh etsa-da, ularning inson uyqusiga salbiy ta’siri katta ekan.

“Ko‘zlar uchun tinchlik vaqti”ga xalal beruvchi jarayon

Tadqiqotlarga qaraganda, bunday yorug‘liklar ayniqsa melatonin — uyqu gormonining ishlab chiqarilishini to‘xtatib qo‘yadi. Melatonin insonning tabiiy uyqu rejasini tartibga soladi va tanani hordiq chiqarishga tayyorlaydi. Agar bu gormon kamaysa, uyquga ketish qiyinlashadi, uyqu chuqurlashmaydi va tananing tiklanish jarayoni susayadi.

Shuningdek, mutaxassislar ayniqsa ko‘k va rang-barang yonuvchi chiroqlar miyani chalg‘itishi va markaziy nerv tizimida “ko‘zlar uchun tinchlik vaqti” deb signal beruvchi jarayonga halaqit qilishini ta’kidlaydi. Bunday yorug‘liklar miyani hali “kun yakunlanmagan” deb o‘ylashga majbur qiladi, bu esa uyquga ketishni kechiktiradi.

Shifokorlar chiroqlarni uyquga yotishdan 2 soat avval o‘chirishni tavsiya qilishmoqda

Shifokorlar uyquga yaqin barcha yorug‘liklarni, xususan chiroqlarni uyqudan 2 soat oldin o‘chirishni tavsiya etadi. Bu orqali miya va ko‘zlarga hordiq berish imkoniyati yaratiladi, melatonin ishlab chiqarilishi tiklanadi va uyqu sifati yaxshilanadi. Aks holda, muntazam ravishda yomon uxlash charchoq, kayfiyat tushkunligi, immunitet pasayishi, ortiqcha vazn va hatto yurak-qon tomir kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.

Bu kabi kichik omillar ko‘pchilik tomonidan e’tiborsiz qoldiriladi. Chunki ko‘pincha dedlaynlar, stresslar uyqusizlikka sabab deb o‘ylaymiz, lekin yorug‘likning inson organizmiga ko‘rsatadigan ta’sirini bilib, sog‘lom uyqu uchun ayrim odatlarni o‘zgartirish kerak.

Tunda yorug‘liklarni o‘chirish nafaqat energiyani tejaydi, balki sog‘liqni asrashga ham yordam beradi. Go‘zal va rangli chiroqlar yaxshi kayfiyat uchun kerak, lekin tunda ularni o‘chirishni unutmang.