$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi oilaviy poliklinikalar va fuqarolar o‘rtasida bitim tuziladi

bitim

2024-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy qilish bosqichi boshlandi. Bu bo‘yicha birlamchi tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va ularga biriktirilgan fuqarolar o‘rtasida bitimlar imzolanmoqda. Ushbu yangilik mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yangi mexanizmning maqsadi

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy qilishdan koʻzlanayotgan maqsad aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish, byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini respublikaning boshqa hududlarida ham keng joriy qilishdan iborat.

Ushbu yoʻnalishdagi ishlarning davomi sifatida endilikda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatuvchi tashkilot va unga biriktirilgan fuqarolar oʻrtasida bitim imzolanishi belgilandi. Bu haqda vazirlik tomonidan tegishli buyruq qabul qilindi.

Bitim qanday amalga oshiriladi?

Buyruqqa koʻra, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatuvchi tashkilot va unga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilgan chet el fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (voyaga etmaganlar uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari) oʻrtasida tuziladigan bitim shakli tasdiqlandi.

Bitimning asosiy talablari

Fuqarolar uchun majburiyatlar:

  • Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish;
  • Tibbiy savodxonlikni oshirish;
  • Shifokor ko‘rsatmalariga amal qilish;
  • Profilaktik va skrining ko‘riklardan o‘z vaqtida o‘tish.

Oila shifokorlari uchun majburiyatlar

  • Fuqarolarni belgilangan tartibda qabul qilish va yo‘llanma berish;
  • Tibbiy xizmatlarni sifatli va to‘liq hajmda ko‘rsatish;
  • Dori vositalarini to‘g‘ri tayinlash;
  • Kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish.

Bosqichma-bosqich amalga oshirish rejasi

Bitimlarni imzolash 2024-yil 1-dekabrdan Sirdaryo viloyati va Toshkent shahridagi davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda amalga oshirilishi boshlandi.

Mazkur chora-tadbirlar davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari 2025–2026-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2025-yil 1-yanvardan boshlab bajariladi.

Теги :
Salomatlik