$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

6 soatlik ish kuni xodimlar ishtiyoqini oshirib, nizolarni kamaytiradi

ish soati

6 soatlik ish kuniga o‘tish korxonalarning samaradorligini oshirmoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Samaradorlikning maksimal darajasi

Fiziolog va psixologlarning so‘nggi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ish vaqtidan foydalanish samaradorligining maksimal darajasi 5-6 soatni tashkil etar ekan.  

Shvetsiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida kompaniyalar maosh hamda bajariladigan ish hajmini saqlab qolgan holda 6 soatlik ish kuniga faol o‘tishmoqda. Buning natijasida korxonaning samaradorligi oshib bormoqda. 

Nizolar kamayib,hayotdan qoniqish ortadi

Ushbu yondashuv tarafdorlari aytganidek, odam 8 soat davomida vazifalarni bajarishga e’tiborini qarata olmaydi. Toliqishi natijasida ishni boshqa faoliyat bilan aralashtirib yuborishni boshlaydi. 

6 soatlik ish kuni tizimini joriy qilgan barcha tashkilotlar rahbarlari xodimlarning ishtiyoqi ortganini qayd etishdi.Shuningdek, ish joyidagi nizolar sonining kamayishi va umuman hayotdan qoniqishning ortishi kuzatilgan.

O‘zbekistonda ish soati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi 115-moddasiga asosan xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Shu bilan birgalikda olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

Теги :
Jamiyat