$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Eronga yangi prezident kerak

i 5 21

Eron qonunlariga ko‘ra 50 kundan keyin yangi prezident saylanishi lozim.

Hozirgi muvaqqat prezident o‘zi kim

Hozirda Eronda Ibrohim Raisiy halokatidan so‘ng prezident vazifasini bajaruvchi etib, uning birinchi o‘rinbosari Muhammad Muxbir 50 kunga o‘tkazilgan. 

U 1955-yilda Dizful shahrida tug‘ilgan bo‘lib, xalqaro huquq va menejment fanlari nomzodi, magistr darajasiga ham ega.

Muhammad Muxbir Eron-Iroq urushi davrida islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining tibbiy korpusida ofitser bo‘lib xizmat qilgan. 2021-yil 8-avgustdan 2024-yil 19-maygacha Eronning birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

Sobiq vitse-prezidentga nisbatan sanksiyalar mavjud edi

2010-yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi Muhammad Muxbirni "yadroviy yoki ballistik raketa faoliyati" masalasiga aloqadorlikda ayblanib, sanksiya qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatiga kiritdi edi. Ikki yildan so‘ng u qayd etilgan ro‘yxatdan chiqariladi.

Eronda yangi prezidentlik saylovi qachon?

Sobiq birinchi vitse-prezident dushanba kuni ertalab sud hokimiyati rahbari G‘ulomhusayn Mohseni Ejey va parlament spikeri Muhammad Bagir G‘olibaf bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi.

Eron qonunlariga ko‘ra 50 kundan so‘ng prezidentlik uchun yangi saylov tashkil etilishi kerak.

Eron saylov shtabi matbuot kotibi Muhsin Eslamiyning aytishicha, mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu Eron tarixidagi 14-prezidentlik saylovi bo‘ladi.