$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

2050-yilga kelib O'zbekiston iqtisodiyoti 10 foizga qisqarishi mumkin

Iqtisodiyot

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida “O‘zbekistonning past uglerodli rivojlanish imkoniyatlari: ssenariylar, oqibatlar, kelajakdagi tadqiqotlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan maqsad prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga tashrifi chog‘ida imzolangan “yashil iqtisodiyot” va “Iqtisodda karbonat angidrid gazi chiqindilarini kamaytirish” yo‘nalishlaridagi hamkorlik dasturini ishga tushirish bo‘ldi.

Davra suhbatida O‘zbekistonda karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha samarali yechimlarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘llari belgilandi.

Karbonat angidrid bilan bog'liq muammolar

“O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri va shu bilan birga, eng katta karbonat angidrid ishlab chiqaruvchilaridan hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda, elektr stansiyalarida qazib olinadigan yoqilg‘ilarning keng qo‘llanilishi va sanoat uskunalarining eskirganligi bilan bog‘liq”, — dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

Harorat oshishda davom etadi

Ta’kidlanishicha, so‘nggi 30 yil ichida Markaziy Osiyoda havo harorati 1,5 C darajaga, ya’ni jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan (0,7 daraja) ikki baravar ko‘proqqa ko‘tarildi. Shu bilan birga, prognozlarga ko‘ra, 2050-yilga kelib, u yana 1,6-2,6 C darajaga oshishi mumkin.

Iqlim o'zgarishi aholi bandligiga ham ta'sir qilishi kutilmoqda

Jahon banki prognozlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishiga moslashish choralari ko‘rilmasa, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2050-yilga borib 10 foizga qisqaradi, bu esa aholi bandligi va daromadlarining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.

Qayd etilishicha, iqlim o‘zgarishining biologik xilma-xillikka, atrof-muhitga va potensial iqlim muhojirlariga davom etayotgan ta’sirini hisobga olish kerak.

Shu tariqa, Hamkorlik dasturi doirasida iqtisodiyotning uglerod salohiyatini kamaytirish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish, O‘zbekistonda ushbu jarayonning imkoniyatlarini baholash, shuningdek, zamonaviy tahliliy uslub va vositalarni qo‘llash rejalashtirilgan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu dasturning amalga oshirilishi respublikani ekologik toza va kam uglerodli rivojlanish modeliga o‘tishiga yordam beradi.

Eng ko'p ifloslanish manbalari qaysi?

Muhokama davomida ishtirokchilar, shuningdek, mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan zararlanishning asosiy manbalari energetika (76 foiz), qishloq xo‘jaligi (18 foiz), sanoat (5 foiz) va chiqindilar (1 foiz) ekanligini ta’kidladilar.

Eng muhim ifloslanish manbalari gaz va neftdan metan chiqindilar (35%), elektr va issiqlik energiyasidan (21%), sanoat sektoridan CO2, jumladan, qurilish (16%), chorvachilik (15%) va turar joy sektoridan CO2 (13%).

Energiya bozorini liberallashtirish kerak

Bundan tashqari, O‘zbekistonning dekarbonizatsiya jarayonlarini (issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar) faollashtirish bo‘yicha asosiy qadamlaridan biri energiya bozorini liberallashtirish ekanligi qayd etildi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish orqali "yashil" muammolarning oldi olinishi mumkin

“Bu energiya tejashga yordam beradi va xususiy sektorning qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi”, – dedi tadbir ishtirokchilari.

Shuningdek, ular 2030-yilga borib respublikada elektr energiyasiga bo‘lgan talab 120 milliard kVt/soatga yetishini ko‘rsatdi. Ta’kidlanishicha, 2026-yilda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini ishlab chiqarishning umumiy hajmida 25 foizga yetkazish tabiiy gazni tejash va issiqxona gazlari chiqindilarining 37,4 million tonnaga ko‘payishining oldini oladi.

Теги :
Iqtisodiyot