$
 12800.13
-7.9
 13467.02
-145.35
 129.02
-1.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Kelayotgan yil dunyo iqtisodiyotida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Global iqtisodiy o‘sish sur’ati

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi hamda Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti 2025-yilda global iqtisodiy o‘sish sur’atini 3,2% atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda. Taqqoslash uchun bu natija 2000—2019-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (3,8%) past. Ushbu natijaning asosiy sababi rivojlangan davlatlar iqtisodiyotidagi sekinlashuv, yuqori foiz stavkalari va ko‘plab mamlakatlardagi moliyaviy qiyinchiliklardir. Shu bilan birga, AQSh va Hindiston kabi davlatlar kuchliroq o‘sishni saqlab qolishi ham prognoz qilinmoqda. Hindistonda iqtisodiy islohotlar, demografik o‘sish va texnologiyalarga kiritilgan investitsiyalar iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlasa, AQShda mehnat bozori va innovatsion texnologiyalar o‘sishni rag‘batlantiradi.

Ehtimoliy kutilmalar

Kelayotgan yilda inflyatsiya darajasi pasayishi kutilmoqda. OESD ma’lumotlariga ko‘ra, global inflyatsiya darajasi 2023-yildagi 6,9% dan 2025-yilda 3,4% ga tushishi ehtimoli mavjud. Ushbu pasayishning asosiy sabablari esa energiya narxlarining barqarorlashishi, markaziy banklarning qat’iy pul-kredit siyosati va yetkazib berish zanjirlarining yaxshilanishi bilan bog‘lanmoqda. Markaziy banklar, xususan AQSh Federal zaxira tizimi va Yevropa Markaziy banki, foiz stavkalarini asta-sekin pasaytirishi mumkin, bu esa iqtisodiy faollikka qo‘shimcha turtki beradi. Shuningdek, Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojarolar va AQSh-Xitoy iqtisodiy raqobati global savdo va energetika resurslari yetkazib berish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, Xitoydagi iqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiluvchi omillar va AQSh bilan raqobat o‘rtasidagi taranglik, Osiyo va global savdo maydonlarida xavfsizlik choralari va iqtisodiy diversifikatsiyaga ehtiyojni kuchaytiradi.

Iqtisodiy o‘sishda yetakchi rol o‘ynashi kutilayotgan mamlakatlar

Xitoy, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari 2025-yilda iqtisodiy o‘sishda yetakchi rol o‘ynashi kutilmoqda. Bu davlatlarda xizmat ko‘rsatish sektori va texnologiyalar sohasidagi rivojlanish iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoydagi fiskal yordam ham ichki iste’molni rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, bu ichki talabni oshiradi. Shu bilan birga, rivojlanayotgan davlatlarda tashqi qarzlarning ortishi va moliyaviy xavfsizlik masalalari jiddiy e’tibor talab qiladi.

Теги :
Iqtisodiyot