$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Toshkent shahar IIB Bakirooga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi

Bakiro

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan shikoyat arizasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bu haqda iqtisodchi-bloger o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.

Shikoyatga nima sabab bo‘lgan edi?

Avvalroq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov mashhur Sag‘bon podstansiyaga oid Otabek Bakirovning posti bo‘yicha Prokuratura va IIVga shikoyat arizasi kiritgan edi.

Vazir Mirzamahmudovga ko‘ra, post mundarijasida haqorat va obro‘sizlantirish holatlari mavjud va bu bo‘yicha iqtisodchi-bloger ga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilishi lozim.

Ichki ishlar shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emas deb hisoblagan

Biroq “boshqarma qaroriga, xususan, AOKAning Energetika vaziri shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi hamda shikoyatga sabab bo‘lgan post yozilganiga 1,5-yildan ko‘p vaqt o‘tganligi asos qilib ko‘rsatilgan.

Ichki ishlar organlariga mazkur ish yuzasidan o‘tkazilgan tezroq surishtiruv va harakatlar uchun fuqaroviy tashakkur bildiraman”, – deb yozib qoldirgan Bakirov.