$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston iqtisodiyoti qanday ahvolda?

iqtisod

O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda birmuncha o‘sdi. Statistika agentligi respublikaning ichki iqtisodiyoti haqida o‘z tahliliy natijalarini e’lon qilmoqda.

Respublika iqtisodi raqamlarda

Ma’lum qilinishicha, Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holatida o‘sish statistikasi quyidagi sohalarda kuzatilgan:

Yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati – 106,6 %

Sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 107 %

Qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 109,1 %

Chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 109,2 %

Bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 112,8 %

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’ati – 103,1 %

Tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati – 107,7 %

Eksportning o‘sish sur’ati – 111,5 %

Importning o‘sish sur’ati – 105,2 %

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 466 442 ta

Transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati – 103,9 %

Transportda yo‘lovchi tashishning o‘sish sur’ati – 105,8 %

Aholining real umumiy daromadlari o‘sish sur’ati – 107,7 %

Doimiy aholi soni (2024-yil 1-oktyabr holatiga) – 37,4 mln kishi

Shuningdek, agentlik bergan ma’lumotga ko‘ra, respublikaning ichki iqtisodi kundan-kunga o‘sishda davom etmoqda.