$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Havo ifloslanishi yana boshlandimi?

Havo ifloslanishi

Toshkent shahri bugun soat 5:00 holatiga ko‘ra, xalqaro IQAir ko‘rsatkichida 4-o‘ringa chiqib oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, havosi ifloslangan shaharlar reytingida 1-o‘rinda Kinshasa (Zair) keyingi o‘rinlarda esa, Dehli (Hindiston), Jakarta (Indoneziya), Toshkent (O‘zbekiston), Lahor (Pokiston) shaharlari joy olgan.

Ifloslanishning ehtimoliy sababi

28-iyun kunduzi O‘zbekiston markaziy, sharqiy va janubiy viloyatlarida davomli esgan kuchli shamollar tufayli kuchsiz chang bo‘ron hodisalari kuzatilgan. Poytaxtda bugun erta tong havo tarkibida mayda dispers zarrachalari bilan ifloslanib, dunyoda yirik shaharlar havosi ifloslanishi reytingida 4—o‘rinni egallashi ham aynan shu kabi omil ta’sirida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Chunki, yuqoridagi tasvirda kecha kunduz kuni Chordara suv ombori ustida kuchsiz chang bo‘roni aks etgan tasvirlar Toshkentga kirib kelishi uchun iqlimiy sharoit yuz bergan.