$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlari diqqatiga

ipoteka otp

Toshkent shahar, Shahrisabz ko‘chasi, 30-uyda joylashgan «Ipoteka-bank» ATIB, 2024-yil

26-dekabr kuni soat 1100 da, http://evote.uz/ saytida masofadan turib elektron ovoz berish xizmati orqali bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

 Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi internet orqali onlayn rejimda, masofadan turib yig‘ilishni olib borish imkonini beruvchi http://evote.uz/ manzilidagi “eVOTE” – Elektron ovoz berish xizmati yordamida o‘tkaziladi.

 YIG‘ILISh KUN TARTIBI:

ATIB Ipoteka-bankning 2025 yilga mo‘ljallangan yillik biznes rejasini (byudjetini) tasdiqlash.

Aksiyadorlarni navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2024-yil 29-noyabr.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi: 2024-yil 20-dekabr.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga oid hujjatlar bilan bankning www.ipotekabank.uz korporativ veb-sayti, http://evote.uz/ platformasi orqali tanishishlari yoki cenbum@ipotekabank.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishlari mumkin.

Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish http://evote.uz/ saytida internet orqali ularning elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida elektron xabarnoma olingan paytdan boshlab amalga oshiriladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish tarkibi bilan http://evote.uz/ manzili bo‘yicha elektron ovoz berish xizmati orqali (tel.:+998 90-006-77-44) tanishishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon raqami: (78)150-11-22.

  

Hurmat bilan,

Kuzatuv kengashi

“Ipoteka-bank” ATIB

Reklama huquqlari asosida