$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

iPhone 17 dizayni qanday bo‘ladi?

iphone

Insayderlar yangi iPhone dizayni bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarni oshkor qildi. Yangi versiyada jiddiy o‘zgarishlar bolishi kutilmoqda. Smartfonning qalinligi atigi 5-6 mm boladi.

Apple SIM-kartalardan to‘liq voz kechishni rejalashtirmoqda

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilda chiqishi kutilgan smartfonda kameraning o‘rni o‘zgarib, u yagona modul sifatida korpusning markaziga joylashtiriladi. Apple SIM-karta slotidan to‘liq voz kechishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 2025-yilda taqdim qilinishi kutilayotgan iPhone 17 modeli faqat eSIM texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, texnik jihatdan yangi iPhone A19 chipi, 8 GB tezkor xotira va yangi 5G-modem bilan jihozlanadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, yangi modemning tezligi Qualcomm ishlanmalariga nisbatan pastroq bo‘lishi mumkin. Bunday tanlov kompaniyaning ichki ishlab chiqarishga ko‘proq e’tibor qaratayotganidan dalolat berishi mumkin.

Yangicha dizayni texnik hajmga ta’sir qilishi mumkin

Yangi modelda bitta dinamik bo‘lishi kutilmoqda, bu esa audio sifatiga ta’sir qilishi mumkinligi borasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lyapti.

Shu bilan birga, Apple’ning SIM-kartalardan voz kechish haqidagi qarori ham ko‘pchilikning e’tiborini tortyapti. Ammo ayrim bozorlarda eSIM texnologiyasi yetarli darajada rivojlanmaganligi sabab, bu muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

iPhone 17 Leak Reveals Slim Model And Unified Pro-Motion Feature; New  Camera Design Unveiled - Tech

Batareya masalasida muhandislar sinov qarshisida qolyapti

Yangi dizayn batareya joylashuvi va hajmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Muhandislar qurilmani qulay va samarali batareya bilan jihozlashda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Ushbu masala hali yechim topilmagan, lekin ayni paytda Apple muhandislari yangi modelning yupqa korpusga qulay batareyani joylashtirish ustida ish olib bormoqda.

Model 2025-yil sentyabr oyida taqdim qilinishi kutilyapti.