$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Ikki hafta davomida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik miyani o‘n yilga yoshartiradi

internet

Bugungi kunda har bir inson kuniga o‘rtacha besh soat vaqtini telefonga sarflaydi. Smartfonlar esa  hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Shuning uchun mobil internetdan voz kechish fikri qiyin tuyulishi mumkin. Biroq, yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mobil internetni o‘chirib qo‘yish ruhiy salomatlikni, e’tibor darajasini va umuman hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

 119 nafar inson 10 kungina sabr qila oldi

AQSh va Kanada olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot o‘tkazildi.

Tadqiqotda 10 kunlik tajriba oxirigacha 500 nafar ishtirokchidan faqatgina 119 nafari sabr qila oldi. Tadqiqotchilar ishtirokchilardan butunlay telefonlardan voz kechishni talab qilmagan, ular telefonga maxsus ilova o‘rnatib, mobil internetni bloklagan holda, qo‘ng‘iroqlar va SMS-larga ruxsat berishgan.

Miya faoliyatining yaxshilanishi qayd etilgan

Ikki haftadan so‘ng ishtirokchilarda diqqatni jamlash qobiliyati hamda uyqu sifati yaxshilanib, xavotir sezilarli darajada kamaydi.

Tadqiqot natijalari 10 yil avvalgi natijalariga o‘xshash ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Eng qizig‘i, internetdan voz kechishning ruhiyatga ta’siri depressiyaga qarshi dorilarnikidan kuchliroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Olimlar kundalik hayotda internetni cheklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

Shuningdek mutaxassislar endilikda internet foydalanuvidan insonlarni cheklash va ularda salomatlik ko‘rsatkichini yaxshilash bo‘yicha qidiruvlar olib bormoqda.

Mobil internetni butunlay bloklash har kim uchun ham amaliy bo‘lmasligi mumkin, ammo tadqiqotchilar unchalik keskin bo‘lmagan yondashuvlar ham foyda keltirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Bunga quyidagilar kiradi:

Kunning muayyan vaqtlarida internetdan foydalanishni cheklash.

Faqat chalg‘ituvchi ilovalarni bloklash.

Qisqa raqamli detokslar qilish, masalan, “internetsiz dam olish kunlari”ni tashkil qilish.

Telefon vasvasasini kamaytirish uchun ekranni kulrang rejimga o‘tkazish yoki bildirishnomalarni cheklash.