$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Dunyo mamlakatlarining internet tezligi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

net

Ookla kompaniyasi yanvar oyida dunyo mamlakatlarida qayd etilgan internet tezligi bo‘yicha hisobotini taqdim etdi.

Reyting qaysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tuzilgan?

Reyting natijalari 2 xil ko‘rsatkich bo‘yicha, birinchisi yuklab olish tezligi va internet tezligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha saralangan bo‘lib, unda Singapur —pog’onaning eng yuqorisida, Birlashgan Arab Amirliklari — keying o‘rinlarda.

Tadqiqotga ko‘ra, yanvar oyida jahonda simli internet tezligi o‘rtacha: yuklab olish uchun — 97,61 Mbit/soniya, jo‘natish uchun — 52,84 Mbit/soniyani tashkil etdi.

Singapurda internet tezligi: yuklab olish uchun — 336,45 Mbit/soniya, jo‘natish uchun — 275,30 Mbit/soniya. Keyingi o‘rinlarda: BAA (310,05 Mbit/s), Gonkong (305,71 Mbit/s), Fransiya (287,44 Mbit/s) va Islandiya (281,95 Mbit/s).

Yuklab olish tezligi o‘rtacha 3 Mbit/soniyani tashkil etgan Suriya va Kuba reytingda so‘nggi o‘rinlarni egalladi.

Yanvarda global mobil internet tezligi deyarli keng polosali internet darajasiga chiqib, yuklab olish tezligi 91,24 Mbit/soniyaga yetdi.

Mobil internet tezligi eng yuqori davlat — BAA

BAA — mobil internet tezligi bo‘yicha jahonda yetakchi: yuklab olish tezligi 545,94 Mbit/soniyaga yetib, o‘tgan yil yanvaridagi ko‘rsatkich (302,38 Mbit/s) ancha yaxshilandi. Keyingi o‘rinlarda: Qatar (521,51 Mbit/s), Kuvayt (314,39 Mbit/s), Bolgariya (252,05 Mbit/s) va Bahrayn (213,09 Mbit/s).

Reytinggga kiritilgan 104 mamlakat orasida so‘nggi o‘rinlarni Boliviya (13,20 Mbit/s) va Eritreya (1,88 Mbit/s) band etdi.

 O‘zbekistonning natijalari

Ushbu reytingda O‘zbekiston keng polosali internet tezligi (51,02 Mbit/s) bo‘yicha (besh pog‘ona yuqorilab) 68-o‘rinni, mobil internet tezligi (81,58 Mbit/s) bo‘yicha 75-o‘rinni egalladi.