$
 12964.43
-30.16
 14744.45
-17.4
 158.28
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Ziddiyatli statistika: Oʻzbekistonda ayollar ko’proq internetdan foydalanishadimi yoki erkaklar?

Internet

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-sentyabr oylarida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta yoshdagi ayollar ulushi 92,2 % ni tashkil etdi.

Agentlik ma’lumotlariga binoan ushbu ko‘rsatkich:

2021-yilda – 72,6 %;

2022-yilda – 81 %

2023-yilda – 87,3 % ni tashkil etgan.

10 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar orasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish

Shuningdek, xuddi shu koʻrsatgich 2024-yil yanvar-sentyabr oylari uchun 10 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar orasida 93,4 % ni tashkil etgan. Bu raqamlar Statistika agentligi ma’lumotlariga qarasak, 2020-yilda – 90,9 %, 2022-yilda – 86,9 %, 2021-yilda – 80,6 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonlik asosan qaysi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi?

Maʼlumot uchun, O‘zbekistonda Telegram eng ko‘p foydalanuvchiga ega ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. 2022-yilda undan 20 mln.ga yaqin odam foydalangan edi. Bu raqamlar shu yilning 31-yanvar kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilingan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda Facebook’da 4,7 mln, Instagram’da 3,7 mln, Linkedln’da 288 ming, Telegram’da 18 mln, Odnoklassniki’da 16,7 mln, Twitter’da 51,6 ming va ВКонтакте'da 2,6 mln foydalanuvchi mavjud. Ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qilmoqda.

UNICEF hisoboti

Yuqoridagi ma’lumotlar UNICEF xalqaro tashkilotining 2024-yil holatiga ko‘ra Internet tarmog‘ining tarqalishi bo‘yicha baholash hisobotidagi ma’lumotlarga biroz ters kelmoqda. Unga ko‘ra, mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi — 53,9 foizi, asosan qishloq yoshlari va ayollar internetdan “hech qachon” foydalanmaydi. Aholining atigi to‘rtdan bir qismi, asosan, shahar aholisi va erkaklar har kuni internetdan foydalanadi. Aholining 38 foizi, ayniqsa, ayollar va qishloq yoshlari kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega emas.

Milliy domen doirasidagi qonunbuzilishlar

Qo‘mita majlisida qayd etilishicha, birgina 2021-yilning dekabr holatiga ko‘ra milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma’naviy buzuqlik targ‘ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlangan bo‘lib, 2097 ta qonunbuzarlik holati ro‘yxatga olingan.

66 millionga yaqin ijtimoiy tarmoqlar auditoriyasi

Eslatib oʻtamiz avvalroq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 32 million kishidan oshgan ma’lum qilgan edi. Unga koʻra, bugun mamlakatdagi barcha ijtimoiy tarmoqlarning 66 million auditoriyasi bor. Xususan, Telegram’dan 28 million kishi foydalanadi. Hozirda O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari soni 2340 taga yetgan. Shundan internet saytlari 738 tani tashkil etmoqda. OAVning 65 foizi nodavlat hisoblanadi. https://daryo.uz/h9rAJKOD

Internetga ulanish hududlar kesimida

Raqamli tafovut aholiga resurs va imkoniyatlardan teng foydalanish imkonini bermayapti. Internetga ulangan uy xo‘jaliklari foizi (viloyatlar bo‘yicha):

Toshkent — 94,9 foiz;

Toshkent viloyati, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari — 87,5 foiz;

Qoraqalpog‘iston, Xorazm — 83,5 foiz;

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari — 81 foiz;

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari — 77,8 foiz;

Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari — 75,8 foiz.