$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Tibbiy fakt: Ayollarda infarkt belgilari erkaklarnikidan farq qiladi

infarkt

Ma’lum bo‘lishicha, ayollarda infarktning alomatlari erkaklarnikiga qaraganda unchalik yaqqol bo‘lmaydi. Shuning uchun ayollar shifokorga kech murojaat qilishadi, natijada ularga o‘z vaqtida yordam bera olishmaydi.

Umumiy infarkt belgilari

Infarkt alomatlari barcha odamlarda bir xil, jinsiga qarab farq qilmaydi. Biroq ayollarda infarktning noan’anaviy alomatlari erkaklarnikiga nisbatan ko‘proq uchraydi.

Tipik yurak xurujining (ya’ni miokard infarkti) alomatlari quyidagicha:

Og‘riq ko‘krakning o‘rtasida, ko‘krak qafasi suyaklari orqasida, qo‘l yoki yelka (ko‘pincha chap tomonda), yuqori qorin, orqa qismi yuqori (yelkalar orasida), pastki jag‘ sohasida sezilishi mumkin.

Og‘riq odatda barmoqlaringizning o‘lchamiga teng yoki kattaroq bo‘ladi.

Nafas yetishmasligi, ko‘krakda siqilish hissi paydo bo‘lishi mumkin.

Og‘riq odatda intensiv bo‘ladi — uzoq vaqt, soatlab yoki kunlab chidab bo‘lmaydi.

Bu tipik “erkakcha” infarkt. Ayollarda esa har doim barcha alomatlar bo‘lmasligi mumkin. Masalan, og‘riqlar ko‘krakning o‘rtasida bo‘lmaydi, ular ko‘chib yurishi mumkin: avval chap tomon, keyin qo‘l, keyin esa ko‘krak. Yoki og‘riq umuman bo‘lmasligi ham mumkin, faqat havo yetishmasligi hissi bo‘lishi mumkin.

Shuning bilan birga, og‘riqlarning davomiyligi ham ko‘pincha aniq bo‘lmaydi, chunki noaniq og‘riqlar kuchayib, keyin kamayishi mumkin. Ayollar odatda og‘riqlar boshlangandan bir necha kun o‘tgach, shifokorga borishadi.

Biroq statistikaga ko‘ra, ayollarda infarktning noan’anaviy alomatlari ko‘proq uchraydi.

Nega alomatlar erkaklarnikidan farq qiladi?

Ma’lum qilishicha, ayol va erkaklar yurak qon tomirlarining tuzilishi bo‘yicha farq qiladi. Agar qon tomirlarini daraxt sifatida tasavvur qilsak, erkaklarda tarmoqlar katta va aniq bo‘linadi. Arteriyaning yuqori qismlarida tromb paydo bo‘lganda, ko‘proq yurak mushagi zararlanishi mumkin. Shuning uchun erkaklar odatda katta infarktni boshdan kechiradi, bu esa yomon natijalarga olib keladi.

Ayollarda esa koronar arteriyalar kichikroq va ko‘proq tarmoqlangan. Shuning uchun infarktlar ko‘pincha katta bo‘lmaydi. Shuning uchun ayollarda infarkt alomatlari noaniq bo‘lishi mumkin.

Menopauzaga qadar ayolni yurak xurujidan uning jinsiy gormonlari “himoya qiladi”. Biroq bu faqat aterosklerozga, ya’ni birinchi turdagi infarktlarga qarshi himoya hisoblanadi. Shuning uchun ayollarda ko‘proq noodatiy infarktlar uchraydi. Odatiy yurak xurujlari esa ayollarda odatda erkaklarga nisbatan kechroq yuzaga keladi.

Agar 40 yoshdagi ayol haqida gap ketadigan bo‘lsa, unda ikki kun davomida og‘riq bo‘lib, ba’zan bo‘lmaydi, ba’zan ko‘krakda, ba’zan qo‘lda, ba’zan o‘ng, ba’zan chap tomonda kuzatiladi.

Ayolga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun uning ham infarkt bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak. Shuning uchun ko‘krak, qo‘llar, orqa bel, jag‘ yoki qorin bo‘shlig‘idagi og‘riqlar ham shifokor e’tiborini talab qiladi.

Kasallik aniqlanganda birinchi bo’lib qanday tezkor yordam ko’rsatish kerak?

Faqatgina tez yordam chaqirish hayotni saqlab qolishi mumkin. Bu masalada yordam so‘rashda biroz shubha qilishdan ko‘ra, xavfli holatni o‘tkazib yubormagan ma’qul.

Quyidagi alomatlar bo‘lsa, tez yordam chaqiring:

ko‘krak, qo‘l, yelka, bo‘yin (ayniqsa chap tomonda), yuqori qorin, orqa (yelkalar orasidagi) yoki pastki jag‘da og‘riq bo‘lsa;

og‘riq maydoni barmoqlaringiz yoki qo‘lingiz o‘lchamiga teng bo‘lsa;

og‘riq 5 minutdan ko‘proq davom etib, 5-10 daqiqadan keyin yengillik sezilsa;

og‘riq tana holatiga bog‘liq bo‘lmasa;

Shifokor ko‘rsatmasisiz dori qabul qilmaslik kerak. Noto‘g‘ri tanlangan dori holatni yomonlashtirishi mumkin.