$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

OTMga kirish uchun xotin-qizga qancha tavsiyanoma beriladi?

Tavsiyanoma

OTMga kirish uchun xotin-qizga qancha tavsiyanoma berilishi ma'lum bo'ldi. Ushbu imtiyozlarga ega bo‘lish uchun 36 ming xotin-qiz ariza topshirishgandi.

36 mingta ariza

Oliy ta’lim muassasalariga kirishga ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan imtiyozni olish uchun bu yili 36 853 nafar talaba ariza topshirgan ekanligi ma’lum bo‘ldi. Joriy yilning 8-10-iyun kunlari tuman (shahar) ishchi guruhlari ushbu arizalarni ko‘rib chiqib, dastlabki xulosalarni berishib, oila va xotin-qizlar bo‘limi tavsiyanomani kimga berish-bermaslik haqida dastlabki qarorlarni chiqargan.

Yarmi tavsiyanoma oldi

Ushbu topshirgan arizalarning yarmiga tavsiyanomalar berildi.14-iyun kunidagi 81-sonli qarorga ko‘ra, 18 481(50,1 foizi) talabgorga imtiyoznomalar berildi, 18 371(49,1 foiz) arizalar rad etildi.

Eng ko‘p tavsiyanoma - Farg‘onada

Ushbu berilgan tavsiyalarning eng ko‘pi Farg‘ona viloyati qizlariga berilgan - 2 120 ta. Ikkinchi o‘rindagi Samarqand 2 014 ta, uchinchi o‘rindagi Qashqadaryo esa 1 592 ta tavsiyanomaga ega bo‘lishgan. Keyingi o‘rinlardagi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 1 623 ta, Andijonga 1 592 ta viloyatlarida imtiyoz berilgan. Tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p — Qo‘shrabot (270 ta), Quva (262 ta), Rishton(259 ta), Urgut (255 ta) Pop (239 ta), Amudaryo(236 ta), Qamashi (213 ta), G‘uzor (213 ta), Jalaquduq (212 ta), Sherobod (212 ta) tumanlariga nasib etgan.