$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Chekka hududlarda ishlovchi xodimlarga qanday imtiyozlar beriladi?

pul

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qaroriga ko‘ra, olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududdan kelib ishlayotgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan (umumta’lim muassasasida ishlagan davri) kelib chiqib quyidagicha ustamalar to‘lanadi:

  • 6 oydan – 3 yilgacha – 10 %;
  • 3 yildan – 5 yilgacha – 20 %;
  • 5 yildan – 10 yilgacha – 30 %;
  • 10 yildan – 15 yilgacha – 40 %;
  • 15 yildan ortiq – 50 %.

Bir martalik yordam puli

Shuningdek, Prezidentning PF–6108-son Farmonida binoan olis hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga bosh­qa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 bara­vari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun baza­viy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi beriladi.

Shifokorlargachi?

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-son Farmonida keltirilishicha, boshqa hududda yashovchi tibbiyot xodimi olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million so‘m miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli, uy-joyi bo‘lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari berilishi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi berilishi belgilangan.

Теги :
Jamiyat