$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslar uchun yiliga bir marta bepul temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus chiptalari ajratiladi

keksalar

Vazirlar Mahkamasining 04.11.2024-yildagi VMQ-733-son qarori bilan “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga temir yo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlandi.

Reyestrdan foydalanish imkoniyati

Nizom bepul sayohat chiptalarini berish va ularni hisobga olish tartibini, shuningdek bepul sayohatlar xarajatlarini qoplash mexanizmini nazarda tutadi. "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi "Yagona milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimida yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi qariyalar hamda birovning parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslar Reyestrini yuritadi.

Hujjatda belgilanishicha, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning vakolatli bo‘linmalari, avtovokzallar mansabdor shaxslariga bir oy ichida Reyestrdan foydalanish imkoniyati ochiladi.

Bepul yo‘l chiptasini rasmiylashtirish uchun nima qilish kerak?

Reyestrga kiritilgan yolg‘iz qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda ularga bevosita hamrohlik qiluvchi shaxsga yiliga bir marta bepul temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus chiptalari (borish va qaytishga) ajratiladi. Bepul yo‘l chiptasini rasmiylashtirish uchun yolg‘iz shaxs, shuningdek parvarishga muhtoj keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar mas’ul xodimga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 04.11.2024-yildan kuchga kirdi.