$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi umid uchqunlari

Import

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 1-avgustgacha bojxona to‘lovlarini JST (Jahon savdo tashkiloti) standartlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident farmoni

Prezidentning "Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonining 10-bandida qayd etilishicha, milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkilotining Savdo bilan bog‘liq investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimga (TRIMs), shu jumladan, mahalliylashtirish yoki eksport qilish bo‘yicha majburiyatlarni qo‘llamaslik talablariga moslashtirish maqsadida 2024-yil 1-avgustga qadar bir qancha vazifalar bajarilishi belgilangan.

Topshiriqlar mazmuni

Unga ko‘ra, Energetika vazirligi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan barcha mahsulot taqsimotiga oid bitimlarning to‘liq xatlovini;

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda “O‘zavtosanoat” AJ bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan imzolangan barcha investitsiya bitimlari xatlovini yakuniga yetkazishi va ularning yakunlari bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritishi zarur.

Ma’lumot uchun, avtomobil importiga yangi bojlarning aniq qiymati noma’lum bo‘lsa-da, JST mamlakatlarida o‘rtacha boj 15 foizni tashkil qiladi.