$
 12809.05
22.07
 13765.89
12.21
 130.56
0.29
weather
+26
Кечаси   +14°

Umumiy ovqatlanish va turizm korxonalariga bir qator imkoniyatlar berilmoqda

ovqatlanish

Vazirlar Mahkamasining yangi “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlashtirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida umumiy ovqatlanish va turizm korxonalariga bir qator imkoniyatlar berilmoqda.

Vazifa ijrosining bajarilishi amalda ta’minlanmoqda

Joriy yilning 20-avgust kuni Prezidentning tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida Prezident tomonidan xizmatlarda ulushi eng katta sohalardan biri bo‘lgan umumiy ovqatlanish va mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish yuzasidan bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yil 7-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlashtirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 745-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, korxonalar QQSning bir qismini qaytarib berishadi

Qarorga asosan umumiy ovqatlanish va turizm korxonalariga bir qator yengillik va imkoniyatlar berilmoqda:

Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga byudjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ushbu vaqtinchalik Nizom talablaridan kelib chiqib to‘langan soliqning bir qismi quyidagi miqdorlarda respublika byudjetidan qaytariladi:

Umumiy ovqatlanish korxonalariga, ularning oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foizdan oshganda – byudjetga to‘langan soliqning 40 foizi;

60 foizdan kam bo‘lganda – byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi;

Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga – byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilinganda kirim hujjatlari elektron tartibda rasmiylashtiriladi

Shuning bilan birga, qaror bilan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilinganda kirim hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Ushbu nizomda, xaridorlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bevosita umumiy ovqatlanish mahsulotlarini tayyorlash maqsadida sotuvchilardan naqd pulga xarid qilganda mazkur Nizom ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomani soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali elektron tarzda shakllantiradi.