$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

O'qish uchun O'zbekistonni tanlayotgan xorijlik fuqarolar soni oshmoqda

Talaba

Statistika agentligining ma'lumotlariga qaraganda, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari o'qish maqsadida O'zbekistonga kelgan.

Taqqos va hududlar kesimidagi natija

Ma'lum qilinishicha, bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 2,4 ming nafarga yoki 59,8 foizga oshganligi aniqlandi. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O'zbekistonga o'qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimidagi soni quyidagicha:

Hindiston – 2 090 nafar;

Turkmaniston – 1 627 nafar;

Tojikiston – 758 nafar;

Qirg'iziston – 317 nafar;

Janubiy Koreya – 249 nafar;

Xitoy – 242 nafar;

Pokiston – 237 nafar;

Afg'oniston – 132 nafar;

AQSh – 118 nafar;

Qozog'iston – 102 nafar;

Boshqa davlatlar – 535 nafar