$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ijtimoiy karta” axborot tizimini yo‘lga qo‘yishga doir hujjat qabul qilindi

Nogironlik aravachasi

Prezident qarori asosida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish reja qilinmoqda. Joriy yil 18-iyulda imzolangan Prezidentning PQ-267-son qarori imzolandi. 

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid choralar

Ushbu qarorga muvofiq, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga o‘tishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanmoqda:

"Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini bosqichma-bosqich to‘liq avtomatlashtirish;

Ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va to‘lovlardan, shuningdek davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yig‘ish zaruratini bekor qilish;

Davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini manzilli, qisqa muddatlarda, masofadan turib hamda proaktiv tarzda olish imkoniyatini berish;

Ijtimoiy sug‘urtalashni joriy qilish doirasida raqamli servislarni rivojlantirish orqali davlat va tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik qilishni soddalashtirish;

Respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahalla darajasida davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashini amalga oshiruvchi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish.