$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng zaif 50 ta mamlakatda aholining 75 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum

himoya

Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi (52,4%) ijtimoiy himoyaning kamida bir turi bilan qamrab olingan bo‘lib, bu 2015-yildagi ko‘rsatkichdan (42,8%) yuqori. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan tayyorlangan “Jahon ijtimoiy himoya hisoboti 20242026: iqlim o‘zgarishi va adolatli o‘tish uchun universal ijtimoiy himoya” hisobotida batafsil berilgan.

Iqlim xavflariga eng ko‘p duch keladigan mamlakatlarda vaziyat

Ammo iqlim xavflariga eng ko‘p duch keladigan 20 ta mamlakatda aholining atigi 8,7% ijtimoiy himoyaga ega bo‘lib, natijada 364 million kishi himoyasiz qolmoqda. Yuqori va o‘rta daromadli mamlakatlarda rivojlanish sezilarli darajada kuzatilgan bo‘lsa-da, past daromadli davlatlarda bu ko‘rsatkich 2015-yildan beri o‘zgarmay, 9,7% darajasida qolmoqda. 

Eng zaif mamlakatlarda aholining 75 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum

Eng zaif 50 ta mamlakatda esa aholining 75% (2,1 milliard kishi) ijtimoiy himoyadan mahrum. O‘rtacha ijtimoiy himoya xarajatlari YaIMning 12,9% ni tashkil etsa-da, mamlakatlar o‘rtasida katta farq mavjud: yuqori daromadli davlatlar 16,2%, past daromadlilar esa atigi 0,8% YaIM ajratadi.

Yurtimizdagi holat

O‘zbekistonda 2017-yilda ijtimoiy himoya oluvchi oilalar soni 500 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2,3 millionga oshgan. Hozirda ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan.

Теги :
Jamiyat