$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Bugungi kunda 71,2 mingta talabada ijara shartnoma bor

Soliq qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda, 108 122 nafar talaba ijara uylarda turadi. Shundan 71,2 ming tasi bilan ijara shartnomasi tuzilgan.

Sentyabr oyida yana OTMlarda o‘qish boshlanib shaharlarda talabalar ko‘payadi. Bu davrda hali endigina o‘qishga kirgan 1-bosqich talabalari ham turli viloyatlardan o‘qish maqsadida tashrif buyurishadi. Albatta, yangi kelgan talabalarga yotoqxonalar berilishi rost, ammo, yotoqxonadagi o‘rinlar soni chegaralanganligi sabab hamma ham u yerga joylasholmaydi. Shu sababdan ham ba’zi talabalar ijara uylarda yashashiga to‘g‘ri keladi.

Mamlakatimizda ijara uylarda yashayotgan talabalar uchun ijara shartnomasi joriy qilingan. Xo‘sh ijara shartnomasi nima? U qanday tuziladi? Shartlari qanday?

Kvartirani ijagara berish bo‘yicha shartnoma shakli

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

 Bunda shartnoma soliq organlarida davlat hisobiga qo‘yilishi kerak.

 Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijara.soliq.uz portali orqali bepul amalga oshiriladi.

 Shartnomani davlat hisobiga qo‘yish ijaraga beruvchining majburiyati hisoblanadi va bu shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.

Ijaraga beruvchi shartnomani davlat soliq organlarida hisobga qo‘ymasa BHMning 5 baravaridan (1 mln. 500 ming so‘mdan) 10 baravarigacha (3 mln. so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ijara shartnomasining muddati

 Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.

Shartnomada muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u 5 yilga tuzilgan hisoblanadi.

Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

Ijara uchun to‘lanadigan haq

Ijara haqi miqdori ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining o‘zaro kelishuviga binoan shartnomada belgilab qo‘yiladi.

Ijara haqining miqdori bir tomonlama o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijara puli shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanishi kerak.

Shartnomani bekor qilish

 Ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

 Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

Bu asoslar jumlasiga quyidagilar kiradi:

-        ijara puli olti oy yoki qisqa ijarada esa shartnomadagi muddatdan keyin 2 martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa;

-        uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa;

-        uy-joydan g‘ayriqonuniy maqsadlar uchun foydalanilgan bo‘lsa.

Ijaraga oluvchi uy-joydan boshqa maqsadda foydalansa yoki qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirishi mumkin.

Ijaraga oluvchi ogohlantirish olganlardan keyin ham qoidabuzarliklarni davom ettirsa, ijaraga beruvchi shartnomani sud tartibida bekor qilishga haqli.

Yuqoridagilarga ko‘ra, shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijaraga beruvchilar tomonidan kvartiradan chiqib ketish yoki ko‘proq haq to‘lashga oid noqonuniy talablar ustidan fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish orqali buzilgan huquqlarni tiklash mumkin.

 Hujjatlarni, shu jumladan da’vo arizasini rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam olish uchun adliya organlariga hamda “Madad” NNT va uning hududiy byurolariga (+99871 256 52 53, advice.uz) murojaat qilishingiz mumkin. Adliya hujjatlarga yordam beradi!

Uy-joy ijarasi tartibiga rioya etmaslik uchun qanday javobgarlik bor? 

Yangi yashash joyiga kelgan fuqarolar 15 kun ichida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishi shart. 

Ijaraga oluvchilar uchun – doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashagani uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Uy egasi uchun – doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashiga yo‘l qo‘ygani uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Shuningdek, ijara shartnomasini soliq organlariga hisobga qo‘ymaslik (uy egasi uchun) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

1-kurslar uchun ijara kompensatsiyasi

Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladi. Noyabrdan boshlab, ijara shartnoma bo‘lsa, keyin kompensatsiya beriladi.

Vazirlar Mahkamasining bayoniga binoan, talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan uzoq hududlardan kelgan birinchi kurs talabalariga, istisno tariqasida, oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan ijara kompensatsiyasi to‘lab beriladi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan birinchi kursda tahsil olayotgan, ijarada yashayotgan talabalar ro‘yxatini shakllantirish hamda ijara kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish yuzasidan rektor (direktor) buyrug‘i rasmiylashtirilib, tegishli mablag‘lar to‘lanishi belgilandi.

Bu nima degani?

Ma’lumki, o‘tgan yildan boshlab talabalar turar joyida joy yo‘qligi uchun ijarada turishga majbur bo‘lgan talabalarga ijara kompensatsiyasi to‘lash tartibi yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun talaba ijara shartnomasini o‘zi o‘qiyotgan OTMga topshirishi kerak edi.

Bu tartib hozir ham kuchida. Ya’ni qaysidir talaba ijarada turgan bo‘lsa, u nechanchi kursda o‘qiyotganidan qat’i nazar, ijara kompensatsiyasi olishga haqqi bor.

Endi yangi tartibga ko‘ra, 1-kurslar uchun istisno belgilandi. Ya’ni yotoqxonaga joylasha olmagan 1-kurs talabalari “Men ijarada turdim” deb aytsa kifoya. Ularga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara kompensatsiyasi hech qanday ijara shartnoma talab etilmasdan to‘lab beriladi. Agar ular yana kompensatsiya olmoqchi bo‘lsa, unda noyabr oyidan boshlab ijara shartnoma ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bu istisno faqat 1-kurslarga berildi. Katta kurslar sentyabr va oktyabr oylari uchun ham ijara shartnoma taqdim etsagina, kompensatsiya olishadi.

Ijara kompensatsiyasining miqdori qancha?

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Har oylik ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida 300 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa 150 ming so‘mgacha) davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi.

Demak, yotoqxonaga joylashmagan 1-kurs talabalari sentyabr va oktyabr, ya’ni 2 oyga Toshkent shahri uchun jami 600 ming so‘m, hududlar uchun 300 ming so‘mgacha kompensatsiya puli olishlari mumkin. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTMga murojaat qilishlari lozim.

442 963 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi

O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, soliq organlariga hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hozirda soliq organlarida 442 963 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yilgan.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 312,6 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 247,5 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 37,1 % va hisoblangan daromad solig‘i summasi 46 %ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 130,2 mingdan ortiq ijara shartnomasi asosida 92,8 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 45,7 % va hisoblangan soliq summasi 50,1 %ga oshgan.

Ijarada turadigan 108 122 nafar talaba

Talabalar bilan 71,2 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 108 122 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 39,7 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

 

Теги :
Jamiyat