$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Futbolga xalaqit berganlar jazolandi

i 6 4

Surxondaryodagi futbol musobaqasi paytida ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatganlarga nisbatan hukm o‘qildi.

Futboldagi ko‘ngilsizlik

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida 31-may kuni futbol va mini futbol bo‘yicha chempionat o‘tkazildi. O‘yinning boshlanish paytida, ushbu tumanning “Obod turmush” mahallasida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘yin maydonini tark etishni xohlamay, o‘yinning boshlanishiga xalaqit berdi. 

13 nafar qoidabuzar

Uni olib chiqish uchun Ichki ishlar organi xodimlari maydonga tushgan, ammo bu paytda unga yana 12 nafar mahalladoshi qo‘shilib, futbol maydonida janjal qilib, shovqin ko‘tarishgan.

Har biriga 15 sutkadan

Ushbu 13 nafar fuqaro jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzgani hamda xizmat burchini bajarayotgan xodimlarga qarshilik ko‘rsatgani tufayli, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik), 194 (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan 15 sutka qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqida, Surxondaryo viloyati IIB Axborot Xizmati o‘z Telegram kanalida e’lon qildi.