$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

So‘nggi uch kunda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 42,2 ming tonna ko‘mir yoqilgan

ies

So‘nggi uch kunlik, ya’ni 2024-yilning 30-31-dekabr va 2025-yilning 1-yanvar kunlari jami 668,1 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ boshqarma boshlig‘i Firuza Turg‘unova maʼlum qildi. 

Asosiy ishlab chiqarish IESda

Shundan ishlab chiqarilgan 571,2 million kVt.soat elektr energiyasi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

IESda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun o‘tgan 3 sutkada 120,1 million kub metr tabiiy gaz va 42,2 ming tonna ko‘mir sarflandi. 

Tizim korxonalari tun-u kun rejimda ishlamoqda

Ta’kidlanishicha, respublika miqyosida barcha aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida tizim korxonalarida tun-u kun ishlar tashkil etilgan.

Mavsumni betalafot o‘tkazish uchun ular tarkibiga 2 mingdan ortiq malakali mutaxassis hamda 112 ta maxsus texnika biriktirilgan. Rahbar va masʼul mutaxassislardan iborat 10 ta tun-u kun faoliyat olib boruvchi navbatchilik guruhlari ish olib boryapti.

Toshkentdagi natijalar

“Toshkent issiqlik markazi” korxonasining 10 ta issiqlik markazidagi 60 ta qozon agregatidan 15 tasida mukammal, 45 tasida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi.

Taʼmirlash va sozlash ishlari natijasida mavjud elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari 291 megavatt va issiqlik ishlab chiqarish samaradorligi 235 tonna soatga oshirilishiga erishildi.

Теги :
Jamiyat