$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Xalqaro boks assotsiatsiyasini tan olishni bekor qildi

IBA

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Parijda bo‘lib o‘tgan sessiyada Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olingan xalqaro federatsiyalar ro‘yxatiga qaytarishdan voz kechdi.

69 kishi assotsiatsiyani tan olmagan

Ma’lum bo‘lishicha, jarayonda 70 kishi qatnashgan. Ulardan 69 tasi tashkilotni tan olishni bekor qilishni yoqlab ovoz beradi. Shuningdek, ular boksni 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlab qolish tarafdori bo‘ldi. 7-iyun kuni XOQ IBA’ning tan olinishini bekor qilishni tavsiya qildi. Bunga javoban Xalqaro boks assotsiatsiyasi CAS (Court of Arbitration for Sport — Sport arbitraj sudi)ga apellyatsiya berdi, biroq qaror o‘z kuchida qoldi. “IBA tan olinish huquqidan mahrum qilingani bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, dedi “TASS” manbasi.

Assotsiatsiya qo‘yilgan talablarni bajarmagan

Shuningdek, 2019-yilda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tashkilotdagi moliyaviy va boshqaruv inqirozi tufayli IBA’ni tan olishdan vaqtinchalik voz kechdi. XOQ xalqaro federatsiyadan islohotlar o‘tkazishni talab qildi. IBA Tokio Olimpiadasida boks bo‘yicha turnirni tashkil etish huquqidan mahrum bo‘lgan edi. Ma’lumot uchun, 2020-yil oxiridan boshlab IBA’ni rossiyalik Umar Kremlyov boshqarib kelmoqda. Uyushma Rossiya va Belarus sportchilarini musobaqalarda qatnashish imkoniyatidan mahrum qilmadi. Shundan so‘ng AQSH, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Shveysariya, Germaniya, Niderlandiya va Filippin boks federatsiyalari norozilik sifatida IBA’ga a’zolikdan chiqdi.