$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Xorazmda mast holatda qoidabuzarlik qilgan fermer ekologiya inspektorini kaltakladi

Eco

Ekologiya vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Xorazm viloyatidagi milliy tabiat bog‘ida navbatchi ekologiya inspektori kaltaklandi.

Bahorda ekilgan koʻchatlar nobud boʻlishi mumkin

Xorazm milliy tabiat bog'i hududida "Yashil makon"loyihasi doirasida 2024-yil bahorida ekilgan 3 ming tup gʻuzum ko'chatlari nobud bo'lishi mumkinligi maʼlum boʻldi. "Bunga milliy tabiat bogʻiga tutash hududda “Amudaryo oltin baliq” fermer xoʻjaligi tomonidan ajratilgan yer maydonidan tashqariga chiqib, gʻuzum koʻchatlari ekilgan joyga sholi ekish maqsadida maydon chetidagi katta himoya chegaralari buzib tashlangani va suv ochib yuborilgani sabab bo’lgan. Natijada gʻuzum koʻchatlari bir necha kun suv ostida qolib ketgan. Xorazm milliy tabiat bogʻi maʼmuriyati tomonidan fermer xo‘jaligiga tegishli buyruq chiqarildi", - deyiladi xabarda.

Fermer inspektorni doʻpposlagan

Fermer xo‘jaligi rahbari A.Oʻ. ogohlantirishga e’tibor bermay, sholini sug‘orishda davom etgan. 4-iyun kuni yarim tunda inspektor A.Oʻ.ning huquqbuzarligini oldini olishga harakat qildi. Biroq, mast bo'lgan fermer uni doʻpposlab, tan jarohati yetkazgan.

Bu birinchisi emas

Inspektor tez tibbiy yordam muassasasiga yotqizilgan. Ayni damda kerakli muolajalar ko’rsatilmoqda. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. “Amudaryo oltin baliq” fermer xoʻjaligi rahbari A. O’. bundan oldin ham Xorazm milliy tabiat bogʻi hududida huquqbuzarlik sodir etgan va sud tomonidan tegishli jazoga tortilgan", - deyiladi xabarda.