$
 12136.57
-0.53
 14318.73
11.52
 157.70
-0.83
weather
+26
Кечаси   +14°

Diplomatiya yoki bosim: Kim Trampni Eronga hujum qilishga undadi?

hujum

Eron hududiga uyushtirilgan keng ko‘lamli havo hujumi ortida yashirin diplomatik bosim va bir necha haftalik lobbichilik harakatlari turgani aytilmoqda. The Wall Street Journal nashri to‘rt manbaga tayanib, bu qarorga Isroil va Saudiya Arabistoni jiddiy ta’sir ko‘rsatganini yozdi. Rasmiy bayonotlarda diplomatiya haqida gapirilgan bo‘lsa-da, yopiq eshiklar ortida butunlay boshqacha jarayon kechgan.

Xo‘sh, nima uchun AQSh Eronga aynan 28-fevral kuni zarba berdi?

Isroil va Saudiya bosimi

Manbalarga ko‘ra, Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon omma oldida diplomatik yo‘lni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. Ammo so‘nggi bir oy ichida u Trampga bir necha bor shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, Eronga zarba berish zarurligini aytgan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa Eronni mamlakati uchun “mavjudlikka tahdid” deb atab, uzoq vaqtdan beri AQSHdan ochiq harbiy zarba berishni talab qilib kelgan.

Aynan shu birlashgan bosim Trampni Eron rahbariyati va harbiy obyektlariga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlashga undagan. Hujumning ilk soatlaridayoq Xomanaiy va bir necha yuqori martabali eronlik amaldor halok bo‘lgan.

Razvedka xulosalariga qaramay berilgan zarba

Qizig‘i, AQSH razvedkasi Eron yaqin o‘n yil ichida AQSHga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solishi ehtimoli past degan xulosaga kelgan edi. Shunga qaramay, hujum amalga oshirildi. Bu jarayon AQSHning maxsus vakili Stiv Vitkoff va Jared Kushner Eron bilan yadro va raketa dasturlari bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan paytga to‘g‘ri kelgan. Muzokaralar davomida Saudiya valiahd shahzodasi va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqali muloqot qilgan. Shundan so‘ng Saudiya tomoni o‘z havo hududi Eronga hujum qilish uchun ishlatilmasligini bildirgan.

Ammo anonim manbalar aytishicha, yopiq uchrashuvlarda Muhammad bin Salmon boshqacha ogohlantirish bergan. U AQSH Yaqin Sharqda katta harbiy kuch to‘plagan paytda zarba bermasa, Eron yanada kuchayib, xavfliroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Bu pozitsiyani uning ukasi, mudofaa vaziri Xolid bin Salmon ham mustahkamlagan. U Vashingtonda yopiq uchrashuvlarda hujum qilmaslik oqibatlari og‘ir bo‘lishini aytgan.

Eron va Saudiya o‘rtasidagi eski raqobat

Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik yangi emas. Shia musulmonlari hukmronlik qiladigan Eron va sunniylar boshchiligidagi Saudiya Arabistoni yillar davomida mintaqada proksi urushlar orqali raqobat qilib keladi. Shu sabab bugungi voqealar bir kunlik qaror emas, balki uzoq yillik siyosiy va harbiy kurashning davomidir.

Теги :
Jamiyat