$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar tomonidan qaysi hujjat eng ko‘p o‘qiladi?

hujjat

Ayni kunda Lex.uz saytidagi jami amaldagi normativ-huquqiy hujjatkar soni 14 069 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Shuningdek, 2024-yilning 3-choragida 749 ta hujjat: 7 ta qonun, 18 ta prezident farmoni, 24 ta prezident qarori, 519 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 181 ta idoraviy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan.

O‘rtacha kiruvchilar soni

Lex.uz saytida o‘rtacha kiruvchilarf soni 82—87 ming, 1 oyda esa 1 mln. 20 mingni tashkil etmoqda. 2024-yilning 3-choragida Rossiya hududidan 1 262 798, AQSh hududidan 135 206, Fransiya hududidan esa 39 803 ta kiruvchilar mavjud. Shuningdek, saytda hujjatlarni o‘rtacha ko‘ruvchilar soni 1 kunda 383—393 ming, bir oyda 8 040 000 ni tashkil etadi.

TOP—10

Joriy vaqt ichida eng ko‘p o‘qilgan hujjat bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir. U 945 480 marta o‘qilgan. Keyingi o‘rinlarda esa:

2. Jinoyat kodeksi;

3. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks;

4. Mehnat kodeksi;

5. Soliq kodeksi;

6. Fuqarolik kodeksi;

7. “JIsmoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun;

8. “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi prezident farmoni;

9. “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori;

10. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori.

Теги :
Jamiyat