$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Biologiyada yangilik: Hayvon hujayralari “quyoshdan oziqlanishi” mumkinligi aniqlandi

hujayra

Yaponiyalik olimlar hayvon hujayralariga quyosh nuridan energiya olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Yangi hujayra quyosh nuri bilan kun kechirgan

Ma’lum qilinishicha, biologlar hayvon hujayralari bunday xususiyatni o‘zlashtira olmaydi, deb hisoblashar edi. Biroq, Tokio universiteti tadqiqotchilari yangi usulni qo‘llab, o‘ziga xos tajribani amalga oshirishdi.

Ushbu tadqiqotda olimlar xomyak hujayralarini suv o‘tlari bilan birlashtirib, yangi turdagi hujayralar yaratdilar. Bu hujayralar ikki kun mobaynida hech qanday oziqlanishsiz, faqat quyosh nurlari yordamida “yashash” imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ya’ni ular xuddi o‘simliklar kabi fotosintez orqali energiya ishlab chiqarish xususiyatini namoyon etdi. Bu tajriba hayvon hujayralari ham o‘z-o‘zidan energiya to‘plashi mumkinligiga ishora qilyapti.

Ushbu tadqiqot kelajakda muhim kashfiyotlarga sabab bo‘lishi mumkin

Shuningdek, Tokio universiteti professori Matsunaning ta’kidlashicha, bu kashfiyot jamiyatning ekologik transformatsiyasiga katta yordam berishi mumkinligiga ishonadi.

Bu yangi texnologiya nafaqat ilmiy izlanishlar, balki amaliy maqsadlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratib beradi. Masalan, kelajakda bunday texnologiya yordamida ko‘plab tirik organizmlar energiya manbalariga bo‘lgan muhtojligini kamaytirishi mumkin.