$
 12920.16
-13.0
 14681.18
-38.05
 158.61
0.33
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Janubiy Koreya prezidenti rafiqasi tufayli ommadan uzr so‘radi

honim

Janubiy Koreya prezidenti rafiqasi atrofida yuz berayotgan mojarolar, jumladan, uning qimmatbaho Dior sumkasida ko‘rinish bergani va aksiyalar bilan bog‘liq firibgarlikda gumonlanayotgani uchun uzr so‘radi. Voqeaga mamlakatning birinchi xonimi Kim Gon Xi qimmatbaho Dior sumkasini qabul qilib olganligi sabab bo‘lgandi. Bu haqda BBC bermoqda.

Birinchi xonimning majburiyatlarini tekshiruvchi maxsus ofis

Ma’lum qilinishicha, Yun Sok Yol televideniye orqali mamlakat xalqiga murojaat qilganda rafiqasi Kim Gon Xi o‘zini yaxshiroq tutishi kerak bo‘lganini aytgan, shuningdek, u ayolining nomiga bildirilayotgan ayrim ayblovlar “bo‘rttirib ko‘rsatilayotgani”ni qo‘shimcha qilgan.

Janubiy Koreya prezidenti birinchi xonimning rasmiy majburiyatlarini nazorat qilib boradigan ofis tuzishini ma’lum qildi. Ammo u rafiqasining faoliyatiga oid tergov o‘tkazilishini rad etdi.

Voqea o‘zi qanday sodir bo‘lgan edi?

Xususan, 2023-yil oxirlarida YouTube’dagi Voice of Seoul kanalida Kim Gon Xi qiymati 3 million von (2,2 ming AQSH dollari) turadigan Dior sumkasini qabul qilib olayotgani tasvirlangan video e’lon qilingandi. Video uni sovg‘a qilgan shaxsning soatidagi yashirin kameraga tushirib olingan.

Shuning bilan birga, aprel oyida esa Yun Sok Yol ushbu videotasvir “siyosiy maqsadlarda” sizdirilganini aytib, kechirim so‘ramagan edi.

Yuqorida keltirilgan mojaro Yun partiyasida ham bo‘linishlarga olib keldi: Xalq partiyasi yetakchilaridan biri Kim Gon Xini o‘zining hashamatli hayoti bilan tanilgan Fransiya qirolichasi Mariya Antuanetta bilan qiyosladi. Muxolifat partiya, shuningdek, birinchi xonimni anchadan buyon aksiyalar narxi bilan bog‘liq firibgarlik holatlarida ayblab keladi.