$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Respublika bo‘yicha qariyb 21 000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yuridik yordam ko‘rsatilgan

himoya

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari huquqiy masalalarda ekspert maslahatchilari tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lum qildi.

17 815 nafar shaxsga huquqiy tushuntirish berilgan

Respublika bo‘yicha jami 20 919 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yuridik yordam va huquqiy maslahatlar ko‘rsatilgan.

Xususan, xizmat turi bo‘yicha:

1 147 nafar shaxsning manfaatlarida fuqarolik va ma’muriy sudlarga da’vo arizasi kiritilgan yoki yozib berilgan;

1 957 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatlarini ko‘zlab davlat organlari va tashkilotlariga talabnoma kiritilgan;

17 815 nafar shaxsga ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish sohasida huquqiy tushuntirish va/yoki maslahat (konsultatsiya) berish xizmatlari ko‘rsatilgan.

Qaysi toifa vakillariga yordam ko‘rsatilgan?

Aholi toifalari bo‘yicha esa yuqori ko‘rsatkichlar:

Kam ta’minlangan oilalarning a’zolari – 9 457 nafar (45,2 foiz);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar – 3 827 nafar (18,3 foiz);

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar – 3 799 nafar (18,2 foiz);

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar – 1 927 nafar (9,2 foiz);

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar – 1195 nafar (5,7 foiz) kabilarda qayd etildi.