$
 12890.43
11.47
 14720.87
-80.92
 156.04
-2.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘limga olib keluvchi 4 mahsulot

fastfud alkogol sigaret

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti to‘rt mahsulot – tamaki, alkogol, qazib olinadigan yonilg‘i va qayta ishlangan yeguliklar dunyo bo‘ylab yiliga 19 million kishining hayotiga zomin bo‘layotganligi haqida ogohlantirgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Statistikaga ko‘ra

Ushbu 4 mahsulot Yevropaning 53 davlatida har kuni 7400 dan ortiq o‘limga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda, Yevropadagi barcha o‘lim holatlarining 34 foizi yoki 2,7 million nafari yuqorida ta’kidlangan omillarga to‘g‘ri kelmoqda.

“O‘ldiruvchi” mahsulotlar bilan bog‘liq muammolar

- Tamaki: Sir emas, tamaki mahsulotlari salomatlikka katta zarar keltiradi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki Yevropada har yili 1 milliondan ortiq o‘limga sabab bo‘lmoqda, bu umumiy o‘limning 10% ni tashkil qiladi.

- Qazib olinadigan yonilg‘i: Qazilma boyliklari har yili 600 000 dan ortiq (5% umumiy o‘lim) o‘limga olib kelmoqda.

- Alkogol: Alkogol mahsulotlari har yili 400 000 dan ortiq o‘limning (426,857) sababchisi hisoblanadi.

- Qayta ishlangan yeguliklar: Qayta ishlangan go‘shtlar: kolbasa, sosiska mahsulotlari, muzlatilgan taomlar, gazlangan ichimliklar va fast-fudlar, soddaroq aytganda, mazali, lekin "ichi bo‘sh" taomlar ultra qayta ishlangan yeguliklardir va ular ham har yili 350 000 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lyapti.

Ogohlantirishlar befoyda bo‘lishi mumkin

JSST hukumatlarni salomatlikka zarar keltiradigan mahsulotlarga nisbatan qattiqroq tartib joriy qilishga chaqiradi. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Sanoat "gigantlari" kam sonli, qudratli transmilliy korporatsiyalarga birlashgan holda o‘zlari faoliyat yuritayotgan siyosiy va huquqiy muhitda sezilarli kuchga egaligi bois ularga ta’sir ko‘rsatish, jamoat manfaatini tartibga solishning imkoni kam.

Tashkilot tahlilida sanoatlar zaif odamlarni maqsadli marketing strategiyasi tuzog‘iga tushirish, iste’molchini chalg‘itish va o‘z mahsulotining afzalligini ta’kidlash yoki bunday tovarlarning atrof-muhitga salbiy ta’siriga oid ma’lumotni noto‘g‘ri taqdim etmoqda deb izoh berilgan.