$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Kelasi yildan Buyuk Britaniya shifoxonalarida oʻlim xavfini bashorat qiluvchi SI ishga tushadi

ai and death

Buyuk Britaniyada shifokorlar bemorning ehtimoliy o‘lim sanasini bashorat qilish uchun sun’iy idrokka asoslangan tizimdan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

78 foiz aniqlikda

AIRE tizimi elektrokardiogramma (EKG) asosida ishlaydi, u yurakning elektr faolligini bir necha daqiqa davomida qayd etadi. EKG ma’lumotlarini tahlil qilish orqali sun’iy idrok oddiy diagnostika usullari bilan aniqlash qiyin bo‘lgan sog‘liq uchun yashirin xavflarni aniqlashi mumkin.

Dastur EKG o‘tkazilgandan so‘ng o‘n yil davomida bemorning vafot etish xavfini 78 foizgacha aniqlik bilan prognoz qila oladi. 

Simptomlar paydo boʻlishidan ancha avval aniqlay oladi

Texnologiyaning dastlabki sinovlari Londondagi bir nechta shifoxonada o‘tkazilib, ularda yuzlab bemorlar ishtirok etdi. Kelajakda tadqiqotda qatnashuvchilar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan.

London shifoxonalaridan birining kardiologi Arunashis Sau yangi tizim kasallik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni topishga yordam berishini tushuntirdi. Texnologiya EKGni tahlil qilish orqali aritmiya va yurak yetishmovchiligi alomatlarini ular o‘zini namoyish qilishidan ancha oldin aniqlaydi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu vosita erta tashxis qo‘yish va kasallikning oldini olish imkonini oshiradi.

Qachon ishga tushadi?

AIRE tizimining klinik sinovlari 2025-yil o‘rtalarida Londonning bir necha shifoxonalari orqali boshlanadi. Sinovlar sun’iy intellektni real tibbiy amaliyotda sinash va bemorlarni davolashda individual yondashuvlarni rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi. Kelgusida tizimni Britaniyaning boshqa hududlariga ham kengaytirish rejalashtirilgan.