$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Dengiz ajdarhosidan qizil labli cho‘rtanbaliqqacha: Yer yuzidagi eng g‘alati hayvonlar TOP–20

dragon

Tabiatda o‘ziga xos va g‘aroyib hayvonlar borligi har doim odamlarni hayratga soladi. Ular o‘zining noodatiy ko‘rinishi yoki g‘alati xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ba’zilari o‘zlarini yashirish uchun kamuflyajdan foydalansa, boshqalari esa maxsus ovlash usullariga ega. Quyidagi maqolada dunyodagi eng g‘alati TOP-20 ta hayvonlar haqida ma’lumot va rasmlar jamlandi.

Narval(Narwhal)

Narval — “dengiz yakkashoxi” ham deb ataladigan g‘aroyib kit turi hisoblanadi. U uzun spiral shakldagi tishga ega. Bu tish erkaklarda ko‘proq uchraydi va 3 metrgacha o‘sishi mumkin. Biroq ba’zi urg‘ochilari ham bunday tish bilan tug‘iladi. Olimlar, bu tish juftlashish marosimlari yoki hukmronlik janglarida ishlatilishi mumkin deb o‘ylashadi, shuningdek, tishda nerv uchlari bo‘lgani uchun sezgirlikni oshirishda ham yordam beradi. Narvallar Shimoliy muz okeanining sovuq suvlarida yashaydi va hatto 1 500 metrdan ortiq chuqurlikka sho‘ng‘ishga qodir.

Incredible Facts About Narwhals | The Unicorns of the Sea

Tarsier

Tarsierlar Janubiy-sharqiy Osiyoda yashovchi kichik primatlardir.Ular o‘zlarining katta ko‘zlari bilan tanilgan. Tarsierlarning ko‘zlari miyasidan ham kattaroq. Bu katta ko‘zlar tarsierlarga qorong‘u joylarda juda yaxshi ko‘rish imkonini beradi. Tarsierlarning uzun barmoqlari va panjalari daraxt shoxlariga yopishib olish va daraxtlar orasida sakrashda yordam beradi. Ularning asosiy ovqati hasharotlar, kichik qushlar va sudralib yuruvchilardan iborat.

Decoding of tarsier genome reveals ties to humans – WashU Medicine

Shoebill

Shoebill — Sharqiy Afrikadagi botqoqliklarda yashovchi katta qush. Uning tumshuqi juda katta va poyabzalga o‘xshaydi, shuning uchun uni ko‘rgan har kim osongina taniydi. Ushbu katta tumshuq baliq, qurbaqalar va hatto kichik krokodillarni ov qiladi. Shoebill uzoq vaqt davomida harakatsiz turib, ov qilishni kutadi va juda tez hujum qiladi.

The Shoebill: Or, the Most Terrifying Bird in the World | Audubon

Yaproqli dengiz ajdarhosi(Leafy Sea Dragon)

Yaproqli dengiz ajdarhosi — Janubiy Avstraliya suvlarida yashovchi baliq bo‘lib, tashqi ko‘rinishi dengiz o‘tiga o‘xshaydi. Uning yaproq shaklidagi suzgichlari atrof-muhitga moslashib, yirtqichlardan yashirinishga yordam beradi. Bu baliq sekin harakat qiladi va o‘zining kamuflyajini ishlatib, xavfsizligini ta’minlaydi. Erkaklari xuddi dengiz otlaridek tuxumlarni o‘zi bilan olib yuradi.

Leafy Sea Dragon" Images – Browse 1,526 Stock Photos, Vectors, and Video |  Adobe Stock

Venesuela pudel kuyasi(Venezuelan Poodle Moth)

2009-yilda kashf etilgan Venesuela pudel kuyasi o‘zining junli ko‘rinishi bilan internetda mashhur bo‘ldi. Uning tanasi va qanotlari qalin, oq jun bilan qoplangan. Bu hasharot haqida hali ko‘p narsa ma’lum emas. Olimlar uni Venesuelaning tropik o‘rmonlarida yashashini taxmin qilishgan. Uning noodatiy ko‘rinishi odamlarni juda qiziqtirgan.

Pangolin

Pangolinlar Afrika va Osiyoda yashovchi o‘zining keratin terisi bilan to‘liq qoplangan yagona sutemizuvchilardir. Ularning terisi insonning tirnoqlari bilan bir xil. Pangolinlar xavf ostida bo‘lganda, o‘zlarini himoya qilish uchun qattiq to‘p shaklida o‘ralib olishadi va terisi yirtqichlardan saqlanishga yordam beradi. Pangolin asosan tungi hayvon bo‘lib, o‘z uzun va yopishqoq tillari yordamida termitlar va qurbaqalarni ovlashadi. Afsuski, ular qimmat terisi va go‘shti uchun juda ko‘p o‘g‘irlanadi.


Kakapo

Kakapo — Yangi Zelandiyada yashovchi uchmaydigan, tungi to‘ti. Bu to‘ti turi dunyodagi eng og‘ir qushlardan biri bo‘lib, og‘irligi 4 kgga yetadi. Uning yumshoq yashil patlari va buxoriy qushga o‘xshash yuzi mavjud. Kakaponing kuchli va shampanga o‘xshash hidi mavjud. Kakapo ucholmaydi. Hozirda bu qush turini saqlab qolish uchun choalar ko‘rilmoqda.

The Creature Feature: 10 Fun Facts About the Kakapo | WIRED

Shisha qurbaqa(Glass Frog)

Shisha qurbaqalar Markaziy va Janubiy Amerikada yashovchi kichik amfibiyalar bo‘lib, o‘zining shaffof terisi bilan mashhur. Ba’zi turlari shunday shaffof teriga ega bo‘lib, ularning urayotgan yuraklarini qornidan ko‘rish mumkin. Ushbu shaffoflik ularga atrof-muhitga moslashishga yordam beradi, yirtqichlar diqqatini tortmaydi. Shisha qurbaqalar tungi hayvonlar bo‘lib, hasharotlar bilan oziqlanadi va tuxumlarini daryo bo‘yidagi barglarga qo‘yadi.

Fleischmann's Glass Frog (Hyalinobatrachium fleischmanni) -

Fossa

Fossa Madagaskarda yashovchi yirtqich sutemizuvchi hayvon bo‘lib, u mushuk va mangusning aralashmasiga o‘xshaydi. Bu hayvon orolning eng katta yirtqichi hisoblanadi va lemurlarni ovlash uchun daraxtlarga juda tez chiqoladi. Fossaning  tirnoqlari va egiluvchan bo‘g‘imlari unga shoxlar orasida oson sakrash imkonini beradi. U mushukka o‘xshasa-da, aslida manguslarga yaqinroq.

Adorable yet deadly, the fossa is a deadly hunter that is closely related  to the mongoose : r/Awwducational

Okapi

Okapi Kongoning Demokratik Respublikasining tropik o‘rmonlarida yashovchi hayvon bo‘lib, ko‘pincha “o‘rmon jirafasi” deb atashadi. Uning oyoqlari va orqa qismini qoplagan zebranikidek chiziqlari bor. Garchi okapi jirafaga o‘xshab ketsa-da, bo‘yni qisqaroq bo‘lib, zich o‘rmonlarda yashashni afzal ko‘radi. Okapining jirafanikidek uzun va egiluvchan tili daraxtlardan barglarni osonlik bilan qirib olishga yordam beradi.

Creature Feature: Okapi

Pushti pari armadillo(Pink Fairy Armadillo)

Pushti pari armadillo – armadillolarning eng kichik turi bo‘lib, uzunligi taxminan 15 smgacha yetadi. U juda moslashuvchan, pushti rangdagi qobiqqa ega bo‘lib, bu unga yer ostida oson harakat qilishga yordam beradi. Boshqa armadillo turlaridan farqli o‘laroq, ular o‘zini himoya qilish uchun qattiq to‘pga aylanishi mumkin. Ammo bu tur armadilloning qobig‘i yumshoq va moslashuvchan bo‘lib, yaxshi himoya qilolmaydi. U tezda qazish va yer ostida yashirinishi oqrali yirtqichlardan qochadi. Pushti pari armadillo tungi hayvon bo‘lib, hasharotlar va ildizlar bilan oziqlanadi.

The Smallest Armadillo Species Looks Like a Sushi Roll with Claws - A-Z  Animals

Lamprey

Lamprey jag‘lari bo‘lmagan parazit baliq bo‘lib, uning og‘zi aylana shaklida va ichida tishga o‘xshash o‘tkir tuzilmalar bor. Bu baliq boshqa baliqlarga yopishib oladi va ularning qonini, tana suyuqliklarini so‘rib ovqatlanadi. Uning uzun ilon kabi tanasi mavjud. Lampreylar 300 million yildan ortiq vaqt davomida deyarli o‘zgarishsiz yashab kelmoqda, shu sababli ular “tirik qazilmalar” deb ataladi.

Sea Lamprey | Mass.gov

Olm

Olm — ko‘r bo‘lgan g‘orlarda yashovchi amfibiya. U Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi yer osti suvlarida yashaydi. Olm butunlay qorong‘ulikda yashashga moslashgan, uning terisi rangsiz va ko‘zlari ko‘rmaydi. Ular juda past metabolizm tezligi tufayli uzoq vaqt ovqatlanmasdan 100 yilgacha yashay olishadi. Ularning uzun, rangsiz tanalari hamda suvdagi tebranishlarni va kimyoviy moddalarni sezish qobiliyati bor.

The olm and its prey | Smithsonian Photo Contest | Smithsonian Magazine

Yapon o‘rgimchaksimon qisqichbaqasi(Japanese Spider Crab)

Yapon o‘rgimchaksimon qisqichbaqasi dunyodagi eng katta bo‘g‘imoyoqli bo‘lib, uning oyoqlari 3.7 metr uzunlikka yetishi mumkin. G‘alati va qo‘rqinchli ko‘rinishiga qaramay, u asosan zararsiz bo‘lib, okean tubidagi chirigan o‘simliklar va hayvonlar bilan oziqlanadi. Bu qisqichbaqalar chuqur suvda yashaydi va uzoq umr ko‘rishadi, ba’zan 100 yilgacha yashashlari mumkin. Ov mavsumida Yapon o‘rgimchaksimon qisqichbaqalari delikates sifatida iste’mol qilinadi.

Japanese spider crab - Wikipedia

Kotib qush(Secretary Bird)

Kotib qush Afrikada yashovchi yirtqich qushdir. Uning qanotlari qora uchli, tanasi kulrang, boshida esa uzun patlari bor. Boshidagi patlari pat-qalamga o‘xshaydi. Ko‘pgina yirtqich qushlardan farqli o‘laroq, kotib qush yerda ov qiladi va uzun oyoqlari bilan kemiruvchilar, hasharotlar, kichik sutemizuvchilar va qushlarni tepib o‘ldiradi. o‘z ichiga oladi. Kotib qushlar ilonlarni ham o‘ldirishi mumkin.

Secretary birds: Current Biology

Tukli qurbaqa(Hairy Frog)

Tukli qurbaqa Markaziy Afrikada yashovchi juda g‘aroyib hayvondir. Bu tur qurbaqalar g‘alati himoya mexanizmiga ega bo‘lib, xavf tug‘ilganda oyoq barmoqlari suyaklarini sindirib, o‘tkir tirnoqlar hosil qiladi. Uning “tirnoqlari” terini teshib o‘tishi mumkin. Erkak tukli qurbaqalarda ham ko‘payish davrida yon tomonlarida tuksimon tuzilmalar hosil bo‘ladi, bu esa tuxumlarni qo‘riqlashda ko‘proq kislorod yutishiga yordam beradi.

The Hairy Frog Has Retractable Claws Made of Bone | HowStuffWorks

Pufakchali baliq(blobfish)

Blobfish jelatinsimon, shalpaygan ko‘rinishi bilan mashhur. U chuqur okeanning ekstremal bosimiga moslashgan. Bu baliq “dunyodagi eng xunuk hayvon” degan nomga sazovor bo‘lgan. Garchi bu nom tabiiy yashash joyining ko‘rinishi tufayli paydo bo‘lganini hisobga olsak, bu biroz adolatsiz bo‘lishi mumkin.

2+ Hundred Blobfish Royalty-Free Images, Stock Photos & Pictures |  Shutterstock

Ruh akula(Ghost shark)

Ruh akula ilk marta 2002-yilda kashf qilingan. Uning g‘alati ko‘rinishi, o‘lik ko‘zlari va qanotga o‘xshash katta suyaklari “ruh akula” deb atalishiga sabab bo‘lgan. Bu baliq aslida akulalar oilasiga kirmaydi, balki baliqlar turiga mansub va suyak o‘rniga shoxsimon skeletga ega. Ular 122 – 2 011 metrgacha chuqurlikda muzlatadigan darajada sovuq joylarda yashaydi. Ruh akulalar boshqa akulalardek tuxumlarini dengiz tubiga qo‘yadi. Bu g‘aroyib baliq haqida hali ko‘p ma’lumotlar o‘rganilmagan.

Baby ghost shark found in New Zealand | CNN

Yulduz burunli ko‘rsichqon(Star-nosed mole)

Yulduz-burunli cho‘chqa — hayvonlar dunyosining eng g‘aroyib mavjudotlaridan biri. Uning burni atrofidagi 25 ta sezgir retseptorlari bo‘lgan go‘shtli paypaslagichlari seysmik to‘lqinlarni aniqlay oladi. Botqoqliklarda yashaydigan ushbu ko‘rsichqon turi suvdagi o‘ljalarning kuchsiz elektr signallarini ham aniqlay oladi.

The star-nosed mole (Condylura cristata) is a small mole found in wet low  areas in the northern parts of North America. It's the only mammal that can  smell underwater. It does this

Qizil labli cho‘rtanbaliq(Red-lipped batfish)

Qizil labli cho‘rtanbaliq dengizda yashovchi g‘aroyib baliq turi hisoblanadi. Ular asosan Galapagos orollarida uchraydi va baliqlardan farqli o‘laroq, ko‘p vaqtini dengiz tubida o‘tkazadi. Qizil labli cho‘rtanbaliq yaxshi suzolmaydi. Biroq qisqa oyoqlari yordamida dengiz tubida yuradi. Ular asosan hasharotlar va kichik hayvonlar bilan oziqlanadi. 

What is a red-lipped batfish? - BBC Science Focus Magazine

Теги :
Jamiyat