$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

hayvon

16-yanvar kuni Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlagan fuqarolar jarimaga tortiladi

Qonunga ko’ra, yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln. 875 ming so‘mdan 3 mln. 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Shuning bilan birga, huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 mln. 250 ming so‘mdan 18 mln. 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Shaharlarda hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi

Bundan tashqari, shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish va saqlash choralarini ko‘rmaslik, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln. 125 ming so‘mdan 1 mln. 875 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln. 875 ming so‘mdan 3 mln. 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Shuningdek, xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln. 750 ming so‘mdan 5 mln. 625 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln. 625 ming so‘mdan 11 mln. 250 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.