$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Tiriklarga haykal qo‘yish taqiqlanmoqda

Pushkin

Joriy yilning 30-may kunida, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, yodgorliklarni o‘rnatishni belgilash uchun alohida komissiya tuziladi. 

Komissiya vazifalari 

Ushbu ekspertlar komissiyasi quyidagi vazifalarni bajarishi belgilangan:

davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish, olib tashlash (ko‘chirish) to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida asoslantirilgan takliflar tayyorlash va xulosalar berish;

Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida o‘rnatiladigan davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarning loyihalarini g‘oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish, o‘tkazilgan tanlovlar asosida saralab olish, zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar berish;

davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklar loyihalari konsepsiyasini g‘oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish va xulosa berish;

davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni o‘rnatish, ko‘chirish va olib tashlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish masalalarini manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqish va xulosalar berish va boshqalar.

Kelishilgan holda o‘rnatiladi 

Monumental yodgorliklar Vazirlari Mahkamasi qaroriga ko‘ra o‘rnatiladi. Ushbu qarorni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi kabilar tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Undan tashqari, haykallar sohadagi NNT va mehnat jamoalari bilan maslahatlashilgan holda o‘rnatiladi. Ushbu qonun 1-iyun sanasidan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, endi kishilarning hayotlik vaqtida ularga haykal qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.

"Lenin va Nursulton Nazarboyev"

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hududida Sobiq Sovet davlatining rahbarlaridan  Leninning haykali hozirgacha saqlanib turganligi ma'lum. Shuningdek, Qozog'istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevga haykal qo'yilishi, uning tiriklik chog'ida amalga oshirilgan.