$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

"Yirik hayitlik": Saudiya Arabistoni O'zbekistonga 25 tonna xurmo sovg'a qildi

Xurmo

Saudiya podshohi Salmon O'zbekistonga beg'araz hayit tuhfasi sifatida 25 tonna xurmo hadya qildi.

Hadya

Muborak Qurbon hayiti arafasida yo'llangan hadyani Saudiya hukumatining yurtimizdagi elchisi Yusuf al-Utaybiy O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari Zayniddin domla Eshonqulovga topshirdi. Ushbu marosimda idora raisining isqtisod ishlari bo'yicha maslahatchisi Alisher Eshimov, "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Isoxon Abdullayev, Podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi vakillari Adnan Xatim Asiriy va Alaqil Abdulhakim Sa'ad ham qatnashishdi. Shuningdek, O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Vaqf" xayriya jamoat fondi xabariga qaraganda, hadya qilingan xurmo jamg'armasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari tomonidan ijtimoiy ko'makka muhtoj, boquvchisini yo'qotgan yetim, nogironligi bor kishilar shu bilan bir qatorda "Muruvvat" uylari va shifoxonalardagi haqdor yurtdoshlarimizga tarqatiladi.

An'ana

Ma'lum qilinishicha, Saudiya tomonidan dunyo davlatlariga xurmo hadya qilish an'anaga aylangan. O'tgan yili ham podshohlik mamlakatimizga beg'araz ko'mak sifatida katta miqdorda xurmo yetkazib bergan edi.