$
 12913.19
4.0
 13908.80
-26.67
 154.17
0.87
weather
+26
Кечаси   +14°

Har bir olayotgan nafasimiz bizni oʻlimga yaqinlashtiradimi?

havo

O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda PM2,5 o‘rtacha 31,4 ni tashkil qilgan va iflos havoli hududlar reytingida 19-o‘rinni qayd etgan. Bu haqda AQAir portalining 2024-yil uchun xalqaro havo sifati hisoboti e’lon qilindi.

Ifloslanish yuqori hududlar

Yillik hisobda eng yuqori ifloslanish Afrikaning Chad davlatida qayd etilgan, keyingi o‘rinlarni Bangladesh va Pokiston egallagan. Hududlarda PM2,5 mos ravishda 91,8, 78,0 va 73,7 mkg/m³ ni tashkil qilgan. O‘zbekiston reytingda 19-o‘rinda turibdi, ifloslanish ko‘rsatkichi – 31,4 mkg/m³.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Tojikiston 6-o‘rinda (46,3 mkg/m³), Turkmaniston 26-o‘rinda (26,5 mkg/m³), Qirg‘iziston 41-o‘rinda (21,1 mkg/m³), Qozog‘iston esa 71-o‘rinda (15,1 mkg/m³) qayd etilgan.

Dunyo bo‘ylab faqat 12 davlat JSST tavsiya qilgan PM2,5 me’yoridan past ko‘rsatkichni qayd etgan. Ular asosan Lotin Amerikasi, Karib va Okeaniya hududlariga tegishli.

Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari dunyodagi eng iflos havoli hududlardan biri sanaladi. Afrikada havoni monitoring qilish uskunalari soni oshib borayotganiga qaramay, ma’lumotlarni uzluksiz olish muammo bo‘lib qolmoqda. G‘arbiy Osiyo davlatlarida ham ko‘proq yangi monitoring uskunalariga ehtiyoj bor. Ma’lumotlar yetishmasligi asosan Afg‘oniston, Eron va Ummonda kuzatilmoqda.

Hisobot PM2,5 konsentratsiyasi bo‘yicha 138 mamlakatning 8954 ta shahri va hududidan yig‘ilgan ma’lumotlarga asoslangan. 2023- yildagidan farqli ravishda 2024-yilgi reytingga 10 ta yangi mamlakat va hudud qo‘shilgan. Ma’lumotlar 40 mingdan ortiq doimiy havo monitoring stansiyalari va arzon sensorlardan to‘plangan. PM2,5 konsentratsiyasi JSST tavsiya qilgan yillik me’yor – 5 mkg/m³ ga tayanib hisoblangan. Hisobot IQAir platformasining real vaqtdagi onlayn monitoring ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi.

Hisobotga ko‘ra, dunyoning 99 foiz aholisi JSST tavsiya qilgan havo sifatiga mos bo‘lmagan hududlarda yashamoqda.

Har yili havo ifloslanishi tufayli 7 millionga yaqin odam vafot etadi

Havo ifloslanishi tufayli har yili 7 millionga yaqin odam vafot etadi. Global iqlim va sog‘liqni saqlash alyansi kompaniyasi rahbari Shveta Narayaning aytishicha, yuqori ifloslanish darajasini qayd etgan hududlar ko‘mir, neft va gazdan eng ko‘p foydalanishi ma’lum bo‘ldi. 

“Ifloslangan havodan uzoq vaqt davomida yashash nafas yo‘llari kasalliklari, alsgeymer va saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin”, dedi Malayziyada joylashgan Sunway sayyora salomatligi markazining bosh olimi Fotima Ahmad.

Fotima Ahmad havo ifloslanishi darajasini kamaytirish uchun hali ko‘p ishlar qilish kerakligini ta’kidladi.

“Suvingiz yomon bo‘lsa yoki yo‘q bo‘lsa, odamlarga kuniga yarim soat kutinglar, deb aytsangiz, suv keladi. Ammo sizda havo yomon bo‘lsa, odamlarni nafas olishni to‘xtatishga majburlab bo‘lmaydi” , dedi u.

Теги :
Salomatlik