$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

2 oyda havo transporti orqali 6 million nafar yo‘lovchi tashilgan

samolyot

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha havo transporti orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni 6 mln. nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 14,9% ga yoki 781 ming nafar yo‘lovchiga oshgan.

Yillar kesimidagi ko‘rsatkich

2020-yil – 868,9 ming nafar

2021-yil – 2 982,0 ming nafar

2022-yil – 4 086,1 ming nafar

2023-yil – 5 258,0 ming nafar

2024-yil – 6 039,0 ming nafar

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 1992-yil 28-yanvarda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

So‘nggi yillarda tizimda qanday ishlar amalga oshirilgan?

2024-yilda O‘zbekiston aeroportlari 13,503 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, shundan 11,022 million nafari xalqaro reyslardan, 2,48 millioni esa ichki reyslardan foydalandi.

Saudiya Arabistonining “Flyadeal” aviakompaniyasi Jidda-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni boshladi. Parvozlar haftasiga uch marta, dushanba, chorshanba va juma kunlari Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Toshkent xalqaro aeroportining mahalliy terminali oldidagi hudud rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi. Endilikda barcha avtomobillarga qisqa muddat to‘xtash uchun kirishga ruxsat berildi, bu yo‘lovchilar va ularning yaqinlari uchun qulaylik yaratildi.